Ushbu maqola hozirgi yoshlarning vaqtini ko’p qismini keraksiz videofilmlarga sarflayotgani va bu asosan ijtimoiy tarmoqdagi mashhur platformalardan biri Tik Tokning salbiy tomonlari haqida fikr yuritamiz.
Bugungi yoshlarimiz ijtimoiy tarmoqlarda o’zlari uchun kerak bo’lgan foydali ma’lumotlar va bilimlarni olish o’rniga, vaqtlarini isrof qilib behuda narsalarga ketkazmoqdalar. Aynan nima uchun ijtimoiy tarmoqdagi mashhur platfomalardan biri – Tik Tok butun dunyo aholisini qisqa fursat ichida o’ziga jalb qilishga ulgurdi. Chunki, dunyo bo’yicha asosan yoshlar ekani, eng achinarlisi z–avlod vakillari ko’p qismini tashkil etgani ma’lum bo’ldi. Yoshlar deganda 16 yoshdan 24 yoshgacha bo’lganlar nazarda tutilgan.
Endi sizga Tik Tok platformasi haqida ma’lumot beramiz. Bu platformada foydalanishdan oldin fikrlashingiz maqsadga muvofiq bo’ladi.
Tik Tok platformasi iOS va Android smartfonlari uchun mo’ljallangan multimediya ilovasi bo’lib, qisqa videolar yaratish va ulashish uchun xizmat qiladi. Tik Tok platformasi e’tiborni yoshlarga qaratib, yoshlar nimalarga qiziqishlarini inobatga olgan holda vaqtlarini ko’ngilhushlik, bema’ni videolarni ko’rib o’tkazishlariga imkon yaratib berdi. Albatta yoshlarning aql bilan ish tutadiganlari ham bor. Saviyali yoshlar esa ko’proq bilim bilan mashg’ul bo’lgani sababli bu platformadan deyarli foydalanishga vaqtlari bo’lmaydi. Ayrim yoshlarimiz esa juda bekor bo’lgan vaqtlaridagina kunda kamida 40 50 daqiqa vaqt ajratishadi, gohida esa 1 yarim soat vaqt ketkazib qo’yganligini ham sezmay qolishadi. Balki bu ularning kunlari uchun tartibli reja yo’qligi bois yoki qandaydir maqsad qo’yilmaganligi tufayli, balki ota-onalarning loqaydligi sababidandir.
Aslida bu platforma Xitoyda ishlab chiqarilgan bo’lib, aholisi bu platformadan foydalanishmaydi. Ammo Xitoyda Tik Tok platformasining boshqa versiyasi “Douyin” platformasini ishlatadilar. Demak Xitoy aholisi ham faqatgina “Douyin” platformasini ishlatadi.
Dunyo aholisi Tik Tok platformasini VPN orqali ishlatishadi. Chunki ayrim davlatlar bu platformani taqiqlagan. Xususan bizning yurtimiz O’zbekistonda ham “O’zbekiston Respublikasi Shaxsga doir ma’lumotlar to’g’risida”gi qonunining 27-moddasi talablariga zid ravishda O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berilayotgani uchun ayrim ijtimoiy tarmoqlar 2021 yil 2 iyuldan “Shaxsga doir ma’lumotlar sub’ektlari huquqlarini buzuvchilar reyestri”ga kiritildi va internet tarmog’ida mazkur resurslardan O’zbekiston Respublikasi hududida foydalanish o’rnatilgan tartibda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar cheklandi” – deyilgan.
Endi e’tibor bersangiz bu 2 ta platforma ya’ni TikTok va Douyinda video kontent orasida katta farq bor. Video kontent bu sizga yoqadigan videolarni tavsiya qilishidir. “Douyin” platformasidagi video kontentda ilmiy munozaralar va boshqa foydali bo’lgan ma’lumotlarni foydalanuvchiga tavsiya qiladi. Tik Tok platformasida esa umuman aksini tavsiya qiladi, bular faxsh, bemaza filmlar, raqs, musiqa va hokazolar.
Dunyo olimlari ham bu haqida o’rganib chiqib yoshlarga salbiy ta’sir etishini tushunib yetishmoqda.
Endi o’zingiz bir o’ylab ko’ring, bu platformani yaratilishidan maqsad nima? Yoshlarning kelajagi nima bilan yakun topadi? Bunday behayo va bema’ni videofilmlarni ketma-ket ko’rib vaqtlarini isrof qilayotgan yoshlar kelajakda kim bo’ladi deb o’ylaysiz. Hatto bu platformadan katta yoshli kimsalar ham foydalanishar ekan. Odamlarning aqliga to’g’ri kelmaydigan nojoiz harakatlarni ko’rishdan nima foyda? Maqsad – bo’ysundirib olish oson bo’lgan saviyasiz aholining ongiga ta’sir o’tkazish va e’tiborni o’ziga qaratish emasmi? Agar bu platforma sizni ham e’tiboringizni o’ziga qaratgan bo’lsa yana bir faktni keltirishimiz mumkin. Xitoyda “Douyin” platformasidan foydalanishda 14 yoshdan kichik bo’lgan o’smirlar uchun 40 daqiqalik kunlik cheklov o’rnatilgan. Nima uchun cheklov o’rnatilganini endi tushungandirsiz.
Bundan ma’lum bo’ladiki, platforma yaratuvchilari qisqa video filmlarni yoshlar ongiga yaxshigina ta’siri borligini bilishadi.
Biz yoshlarimizni kelajak avlodlari qilib tarbiyalashimizda bu kabi platformalardan foydalanishlarida e’tiborsiz qoldirmasligimiz, ongini zaharlashlariga yo’l qo’ymasligimiz lozim.
Shuningdek, internetdan foydalanishda chegarani bilish va undan oqilona foydalanishni tushuntirib o’tish hamda o’zlarini doimiy ravishda nazorat qilishlarini ta’kidlab turish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Eng ko’p o’qilgan maqolalar