Biometrik xavfsizlik – shaxs yuzni aniqlash va tasdiqlash

Yuzni tanib olish – bu shaxsning yuzidan foydalangan holda uning shaxsini aniqlash yoki tasdiqlash usuli. Yuzni tanish tizimlari fotosuratlar, videolar yoki real vaqtda odamlarni aniqlash uchun ishlatilishi mumkin.

Yuzni tanib olish biometrik xavfsizlik kategoriyalaridan biri hisoblanadi. Biometrik dasturiy ta’minotning boshqa shakllariga ovozni, barmoq izini yoki ko’zning to’r pardasini aniqlash kiradi. Ushbu texnologiya asosan xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish uchun ishlatiladi, ammo foydalanishning boshqa sohalariga qiziqish ortib bormoqda.

Yuzni tanish qanday ishlaydi?

Ko‘pchilik iPhone’larni qulfdan chiqarish uchun ishlatiladigan FaceID orqali yuzni tanish texnologiyasi bilan tanish (ammo bu yuzni tanishning faqat bitta ilovasi). Odatda, yuzni tanib olish foydalanuvchini shaxsini aniqlash uchun katta hajmdagi fotosuratlar bazasiga tayanmaydi, shunchaki bir foydalanuvchini qurilmaning yagona egasi sifatida belgilaydi va tan oladi. Boshqalarga esa, kirishni cheklaydi.

Telefonlarni qulfdan chiqarishdan tashqari, yuzni tanish maxsus kameralar yonidan o‘tayotgan odamlarning yuzlarini kuzatuv ro‘yxatidagi odamlarning suratlariga moslashtirish orqali ishlaydi. Kuzatuv ro‘yxatlarida har qanday odamning surati bo‘lishi mumkin va tasvirlar istalgan joydan, hatto bizning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarimizdan ham olinishi mumkin. Yuzni tanish texnologiya tizimlari har xil bo‘lishi mumkin, lekin umuman olganda, ular quyidagicha ishlaydi:

1-qadam: Yuzni aniqlash

Kamera yolg‘iz yoki jamoat orasida yuz tasvirini aniqlaydi va topadi. Rasmda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki profilga qaragan odam ko‘rinishi mumkin.

2-qadam: Yuz tahlili

Keyinchalik, yuzning tasviri olinadi va tahlil qilinadi. Yuzni tanish texnologiyasining aksariyati 3D tasvirlarga emas, balki 2D tasvirga tayanadi, chunki u 2D tasvirni ommaviy suratlar yoki maʼlumotlar bazasidagilar bilan qulayroq moslashtirishi mumkin. Dastur yuzingizning geometriyasini o‘qiydi. Asosiy omillar: ko‘zlaringiz orasidagi masofa, ko‘z bo‘shlig‘ining chuqurligi, peshonadan iyakgacha bo‘lgan masofa, yonoq suyaklarining shakli, lablar, quloqlar va boshqalarni tahlil qiladi. Maqsad – yuzingizni farqlash uchun asosiy bo‘lgan yuz belgilarini aniqlash.

3-qadam: Tasvirni maʼlumotlarga aylantirish

Yuzni suratga olish jarayoni analog maʼlumotni shaxsning yuz xususiyatlariga asoslangan raqamli maʼlumotlar to‘plamiga aylantiradi. Yuzingizni tahlil qilish matematik formulaga aylanadi. Raqamli kod yuz izi deb ataladi. Bosh barmoq izlari noyob bo‘lgani kabi, har bir insonning yuz izi ham o‘ziga xos bo‘ladi.

4-qadam: Moslikni topish

Keyin yuz izingiz maʼlumotlar bazasi bilan taqqoslanadi. FQB turli xil davlat maʼlumotlar bazalaridan olingan 650 million fotosuratlarga kirish huquqiga ega. Fasebookʼda, shaxsning ismi bilan belgilangan har qanday fotosurat Facebook maʼlumotlar bazasining bir qismiga aylanadi, undan yuzni aniqlash uchun ham foydalanish mumkin. Agar yuzingiz izi yuzni aniqlash maʼlumotlar bazasidagi rasm bilan bir xil bo‘lsa, unda vazifa bajarilgan bo‘ladi.

Texnologiya qanday maqsadlarda qollaniladi? 

  • Telefonlarni qulfdan chiqarish. Turli telefonlar, jumladan, eng yangi iPhone’lar qurilmani qulfdan chiqarish uchun yuzni tanishdan foydalanadi. Texnologiya shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishning kuchli usulini taklif etadi. Telefon o’g’irlangan taqdirda, maxfiy ma’lumotlarga kirish imkoni bo‘lmasligini ta’minlaydi. Apple kompaniyasi ta’kidlashicha, tasodifiy yuz telefoningizni qulfdan chiqarish ehtimoli 1 milliondan bir.
  • Huquqni muhofaza qilish. Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan yuzni tanib olish tizimi muntazam ravishda qo‘llaniladi. NBC hisobotiga ko‘ra, texnologiya AQSHdagi huquq-tartibot idoralari va boshqa mamlakatlarda ham o‘sib bormoqda. Politsiya hibsga olinganlarning suratlarini to‘playdi va ularni mahalliy, shtat va federal yuzni aniqlash maʼlumotlar bazalari bilan solishtiradi. Hibsga olingan shaxsning surati olinib skanerlash uchun maʼlumotlar bazasiga qo‘shiladi.
  • Aeroportlar va chegara nazorati. Yuzni tanib olish dunyodagi ko’plab aeroportlarda odatiy holga aylandi. Biometrik pasportlar sayohatchilarga uzun qatorlarni chetlab o’tishga va tezroq bortga chiqish uchun avtomatlashtirilgan ePassport boshqaruvidan foydalanish imkonini beradi.

  • Yuzni aniqlash nafaqat kutish vaqtlarini qisqartiradi, balki aeroportlarda xavfsizlikni yaxshilash imkonini beradi. AQSh Ichki xavfsizlik departamenti ma’lumotlariga ko’ra, 2023 yilga kelib yuzni tanish sayohatchilarning 97 foizida qo’llaniladi. Ushbu tizim aeroportlar va chegara o’tish joylarida bo’lgani kabi, Olimpiya o’yinlari singari yirik tadbirlarda xavfsizlikni kuchaytirish uchun ishlatiladi. 
  • Yoqolganlarni topish. Yuzni tanib olish tizimi bedarak yo‘qolganlar va odam savdosi qurbonlarini topishda qo‘llanilishi mumkin. Aytaylik, yo‘qolgan shaxslar maʼlumotlar bazasiga qo‘shiladi. Bunday holda, huquq-tartibot idoralari ular aeroportda, chakana savdo do‘konida yoki boshqa jamoat joylarida bo‘ladimi, yuzni tanish orqali aniqlanishi bilanoq ogohlantirishi mumkin.
  • Chakana savdo jinoyatlarini kamaytirish. Yuzni tanib olish tizmi do‘kon o‘g‘rilari, uyushgan chakana jinoyatchilar yoki firibgarlik sodir etgan odamlarni do‘konlarga qachon kirganliklarini aniqlash uchun ishlatiladi. Jismoniy shaxslarning fotosuratlarini jinoyatchilarning maʼlumotlar bazalari bilan taqqoslash mumkin, shunda jinoyatlarni oldini olish va chakana savdo xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar do‘konga tahdid solayotgan xaridorlar haqida do‘kon egasiga  xabar berishlari mumkin.
  • Bank ishi.  Biometric online banking – bu yuzni aniqlashning yana bir afzalligi. Bir martalik parollardan foydalanish o‘rniga, mijozlar o‘zlarining smartfonlariga yoki kompyuterlariga qarab tranzaksiyalarga ruxsat berishlari mumkin. Yuzni tanib olish tufayli xakerlar parollarni buzolmaydilar. Agar xakerlar sizning fotosuratlar maʼlumotlar bazangizni o‘g‘irlashsa, “jonsiz” aniqlash – biometrik namunaning manbai tirik odam yoki soxta tasvir ekanligini aniqlash uchun ishlatiladigan usul (nazariy jihatdan) ularni ishlashiga to‘sqinlik qiladi.
  • Marketing va reklama. Marketologlar iste’molchilar tajribasini yaxshilash uchun yuzni aniqlashdan foydalanganlar. Misol uchun, muzlatilgan pitsa brendi DiGiorno 2017 yilgi marketing kampaniyasi uchun yuzni tanishdan foydalangan, u yerda odamlarning pitsaga bo‘lgan hissiy munosabatini o‘lchash uchun DiGiorno kechalaridagi odamlarning yuz ifodalarini tahlil qilgan. Londondagi Piccadilly sirki kabi yuzni tanish texnologiyasini o‘z ichiga olgan bilbord’lar brendlar moslashtirilgan reklamalarni ishga tushirishi mumkinligini anglatadi. 
  • Sog’liqni saqlash. Kasalxonalar bemorlarni parvarish qilishda yordam berish uchun yuzni tanishdan foydalanadilar. Tibbiyot xodimlari bemorlarning qaydlariga kirish, ro‘yxatga olishni soddalashtirish, ularda his-tuyg‘ular va og‘riqlarni, hattoki o‘ziga xos genetik kasalliklarni aniqlash uchun ushbu tizimdan foydalanishni sinovdan o‘tkazmoqdalae. AiCure odamlarning dori-darmonlarni retsept bo‘yicha qabul qilishini ta’minlash uchun yuzni tanishdan foydalanadigan ilovani ishlab chiqdi. Biometrik texnologiya arzonlashgani sayin, sog’liqni saqlash sohasida qabul qilinishi ortishi kutilmoqda.
  • Talabalar yoki ishchilarning davomatini kuzatish. Xitoydagi baʼzi taʼlim nmuassasalari talabalarning darsni qoldirmasliklarini taʼminlash uchun yuzni tanishdan foydalanadi. Planshetlar o‘quvchilarning yuzlarini skanerlash va ularning shaxsini tasdiqlash uchun ularni ma’lumotlar bazasidagi fotosuratlarga moslashtirish uchun ishlatiladi. Shuningdek ushbu texnologiya ishchilarning ish joylariga kirishi va chiqishi uchun ishlatilsa, ish beruvchilar davomatni bemalol kuzatishlari mumkin.


Barcha biometrik o‘lchovlar orasida yuzni aniqlash eng tabiiy usul hisoblanadi. Chunki biz odatda barmoq izlariga emas, balki yuzlarga qarab o‘zimizni va boshqalarni taniymiz. Hisob-kitoblarga ko‘ra, dunyo aholisining yarmidan ko‘pi yuzni aniqlash texnologiyasidan muntazam foydalanadi.

Mavzuga oid maqolalar