Irlandiya regulyatorlari TikTokni bolalar shaxsiy hayotini buzganligi sababli 345 million yevro (296 million funt) miqdorida jarimaga tortdi.
Shikoyat ijtimoiy media ilovasi 2020-yilda bolalar maʼlumotlari, xususan, yoshni aniqlash va maxfiylik sozlamalari yordamida qanday ishlagani bilan bog’liq.
Bu TikTok regulyatorlardan olgan eng katta jarima hisoblanadi.
Ijtimoiy media firmasi vakili “qabul qilingan qarorga, ko’ra, belgilangan jarima darajasiga rozi emasliklarini” aytdi.
“Tanqidlar uch yil oldin mavjud bo’lgan xususiyatlar va sozlamalarga qaratilgan va biz tergov boshlanishidan ancha oldin bularning barchasini o’zgartirganmiz”, dedi ular.
Jarima Irlandiyaning Ma’lumotlarni himoya qilish komissiyasi (DPC) tomonidan Yevropa Ittifoqining ma’lumotlarni himoya qilish bo’yicha umumiy reglamenti (GDPR) maxfiylik qonuniga muvofiq chiqarilgan.
GDPR ma’lumotlar bilan ishlashda kompaniyalar amal qilishi kerak bo’lgan qoidalarni belgilaydi.
DPC TikTok o’zining maxfiylik sozlamalari bo’yicha bolalar bilan yetarlicha shaffof emasligini aniqladi va shundan so’ng o’z-o’zidan bolalarning ma’lumotlari qanday qayta ishlanishi haqida savollar tug’ildi.
Ma’lumotlarni himoya qilish bo’yicha komissar Xelen Dikson BBC Newsga so’rovda 13 yoshdan 17 yoshgacha bo’lgan shaxslarning akkauntlari ro’yxatdan o’tish vaqtida ochiq bo’lganini, ya’ni ular joylashtirgan kontent hamma uchun ko’rinib turishini aniqladi.
“Bu aynan TikTokning qo’lida, chunki ular bu platformani loyihalashtirgan va biz ularni dizayn va GDPR standart talablari bo’yicha ma’lumotlar himoyasini buzgan deb aytamiz”, dedi Dixon xonim.
Kompaniyaga ma’lumotlarni qayta ishlashni GDPRga to’liq moslashtirish uchun uch oy vaqt berildi.
London Iqtisodiyot va Siyosat fanlari maktabida bolalarning raqamli huquqlari va tajribasini tadqiq qiluvchi professor Sonia Livingston DPC qarorini olqishladi.
“[Bolalar] raqamli dunyoda ekspluatatsiya qilinmasdan yoki manipulyatsiya qilinmasdan ishtirok etishni xohlaydi. Va bu shuni anglatadiki, platformalar o’z ma’lumotlariga qanday munosabatda bo’lishlarini tushuntirishlari kerak va eng muhimi, ularning ma’lumotlariga adolatli munosabatda bo’lishlari kerak, chunki shaxsiy hayot bolaning huquqidir “, dedi u.
TikTok maʼlumotlarni Yevropa Ittifoqidan Xitoyga noqonuniy o’tkazganligi haqida tergov davom etmoqda. TikTok Pekindagi Byte Dance firmasiga tegishli.
Yevropa jarimalari
Jarima yuzlab millionlarda bo’lishiga qaramay, bu so’nggi oylarda ko’rilgan boshqa jarimalardan kichikroqdir – masalan, Meta koimpaniyasi regulyator tomonidan may oyida Yevropa va Amerika Qo’shma Shtatlari o’rtasida ma’lumotlar uzatishda odamlarning ma’lumotlarini noto’g’ri ishlatganligi uchun 1,2 milliard yevro (1 milliard funt sterling) jarimaga tortilgan.
Biroq, bu TikTok 2020-yilda 13 yoshgacha bo’lgan bolalarga platformadan foydalanishga ruxsat bergani uchun Buyuk Britaniyaning ma’lumotlarni nazorat qiluvchi organi tomonidan aprel oyida chiqarilgan 12,7 million funt sterling miqdoridagi jarimadan ancha katta.
DPC tomonidan chiqarilgan jarima aniq 2020-yilga to’g’ri keladi va TikTok keyingi yillarda bunday miqdordagi jarimalarga tortilmaslik uchun bunga qarshi bir nechta choralar ko’rdi.
Bunga u 2021-yil yanvar oyida mezon bo’yicha 13 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalarning akkauntlarini shaxsiy qilib qo’ygan birinchi ijtimoiy media saytlaridan biriga aylanishi o’z ichiga oladi.
Shuningdek, ushbu oyda yana yangi o’zgartirish kiritiladi, ya’ni bu platformaga ro’yxatdan o’tgan 16 va 17 yoshli barcha foydalanuvchilarning akkauntlari mezon bo’yicha shaxsiy qilib qo’yiladi.
Eng ko’p o’qilgan maqolalar