Hakkerlar uchun Kali Linuxdan foydalanishga 4 ta sabab

Hozirda Kali Linuxdan tashqari ko’plab boshqa penetratsiya test distroslar mavjud. Xo’sh, unda nega etik (axloqiy, madaniy) hakkerlar Kalini boshqa operatsion tizimlardan afzal ko’rishadi?

Internetda ma’lumotlarning tez uzatilishi tufayli madaniy hakkerlik mashhur bo’lib bormoqda.  Madaniy hakkerlik tizimdagi zaifliklarni aniqlashga yordam beradi va ularni tuzatish orqali xavfsizlikni oshiradi. Shuningdek, u tizimlarni qimmatli ma’lumotlarni o’g’irlashi mumkin bo’lgan hakkerlardan himoya qiladi.

Agar siz etik ya’ni madaniy hakkerlik bilan qiziqsangiz yoki uning qanday amalga oshirilishini bilmoqchi bo’lsangiz, Kali Linux haqida eshitgan yoki tushunchaga ega bo’lishingiz kerak. Ushbu operatsion tizim turli xil funksiyalar va vositalarga ega hisoblanadi. Ammo har doim ham hakkerlarning kiberxavfsizlik bilan bog’liq ishlar uchun Kali Linuxdan foydalanishi to’g’ri usul ekanligi haqida bahs-munozaralar mavjud. Shunday qilib, ushbu maqolada biz madaniy hakkerlar nima uchun kiberxavfsizlik va penetratsiya test ehtiyojlari uchun Kali Linuxni afzal ko’rishlari haqida ko’rib chiqamiz.

Kali Linux nima va nega hakkerlar undan foydalanadilar?

Kali Linux bu Debianga asoslangan xavfsizlik distribyutsiyasi bo’lib, dastlab u kirish testi va tarmoq tahlili uchun mo’ljallangan edi. 2013-yilda Kali Linuxni ishlab chiqaruvchilar Devon Kearns va Mati Aharonilar bo’lgan. Ushbu operatsion tizim mutlaqo bepul bo’lib, siz undan kompyuter va smartfonlarda foydalanishingiz mumkin.

Kali Linux 500 dan ortiq kirish testlari va kiberxavfsizlik bilan bog’liq ilovalarni ta’minlaydi. Bu ochiq kodli operatsion tizim hisoblanadi, shuning uchun uning kodi Internetda bepul mavjud bo’lib, ya’ni siz uni ko’rib chiqishingiz va ehtiyojlaringizga qarab sozlashingiz mumkin bo’ladi. 

Kali Linux madaniy hakkerlikni soddalashtiradigan ko’plab xavfsizlik tizimlarga asoslangan ilovalarga egadir. Bu sizning maxfiyligingizni himoya qiladigan qulay va yuqori darajada himoyalangan Linux operatsion tizimidir. Shunday qilib, Kali Linuxni hakkerlar orasida g’oyatda mashhur qiladigan bir nechta muhim sabablar mavjuddir.

1. Minimal darajada tizim resurslarini talab qiladi:

Kali Linux mukammal ishlashi uchun past darajadagi komponentlarni talab qiladi. Kali Linuxni tizimga o’rnatish juda oddiy, chunki u faqatgina quyidagilarni talab qiladi:

QurilmaTavsif
ProtsessorAMD 64 arxitekturasi/i386 mikroprotsessori
Saqlash maydoni20 GB disk maydoni
RamMinimal 1 GB va tavsiya etiluvchi 2 GB

Shuning uchun, ko’plab hakkerlar Kali Linuxni tavsiya qiladi, chunki u past darajadagi qurilmalarda ham ishlaydi. Siz uni CD-DVD drayveri yoki USB flesh-diski orqali ham ishlatishingiz mumkin. Agar siz Kali Linuxni VirtualBoxda sinab ko’rmoqchi bo’lsangiz ham tashvishlanmang, chunki Kali Linux virtual mashinalarda ham muammosiz ishlay oladi.

2. Kali Linux yangi o’rganuvchilar uchun  juda ajoyib imkoniyat:

Kali Linux eng ajoyib xususiyatlar va juda ham moslashtirilgan variantlarga ega bo’lib, u madaniy hakkerlik bilan shug’ullanuvchilar uchun mosdir. Shunday qilib, agar siz Ubuntu bilan ozgina tanish bo’lsangiz, Kali Linuxdagi hakkerlik sayohatingizni albatta boshlashingiz mumkin.

3. Kali Linux qonuniydir:

Kali Linux – bu professional ish, jumladan penetratsiya testlari va hakkerlik amaliyoti uchun ishlatiladigan qonuniy operatsion tizimdir. Biroq agar siz undan noqonuniy maqsadlarda foydalanayotgan bo’lsangiz, bu albatta noqonuniy hisoblanadi.

Kali Linuxni har kim o’z qurilmalarida bepul ishlatishi mumkin. Bundan tashqari, ushbu operatsion tizimda hech qanday shubhali harakatlarga aralashmasangiz, xavfsiz tarzda foydalanishingiz mumkin.

4. Kali Linux yuzlab sinov vositalari bilan birgalikda yetkazib beriladi:

Yuqorida aytib o’tganimizdek, Kali Linux hakkerlik bilan bog’liq yuzlab noyob vositalarni ta’minlaydi. Shuning uchun bu hakkerlar orasida mashhur tanlovdir. Kali Linuxda penetratsiyani tekshirish uchun foydalanishingiz mumkin bo’lgan beshta eng yaxshi vositalar ro’yxatiga quyidagilar kiradi:

1. Nmap

Nmap – bu ma’lumotlarni olish uchun tarmoqlarni skanerlashda ishlatiladigan tarmoq skaneri. 

2. Burp Suite

Burp Suite proksi-server kabi ishlaydi, ya’ni veb-brauzerdan barcha so’rovlar u orqali o’tadi. Ushbu so’rovlarni uzatish foydalanuvchilarga o’z ehtiyojlariga qarab har qanday o’zgartirishlar kiritish imkonini beradi. 

3. Aircrack-ng

Aircrack – bu WPA/WPA2 tahlil qilish va xeshni yozib olish vositasidir. 

4. Metasploit Framework

Metasploit Framework keng qo’llaniladigan penetratsiya test tizimlaridan biridir.  Metasploit matnga asoslangan vositadir, lekin siz uning GUI paketini, ya’ni Armitageni yuklab olishingiz mumkin. Armitage Metasploitni ishlatish uchun qulayroq vositaga aylantiradi.

5. Netcat

Netcat tarmoqni disk raskadrovka va demon sinovlari uchun ishlatiladi. O’z imkoniyatlari va ulkan xususiyatlar  tufayli bu eng yaxshi tarmoq vositasidir.

Kali Linux: Hakkerlar uchun ajoyib tanlovmi?

Ushbu maqolada biz hakkerlar nima uchun Kali Linuxni boshqa operatsion tizimlardan afzal ko’rishini aytib o’tdik. Biz hakkerlik olamida Kali Linuxning yuksakligi bilan bog’liq barcha jihatlarni kiritishga harakat qildik. 

Shu kabi IT sohasiga oid nihoyatda dolzarb va qiziqarli texnologik yangiliklarni Ilmiy-texnologik maqolalar (texnokun.uz) sayti orqali tanishib borishingiz mumkin.

 Foydalanilgan manba: 4 Reasons Why Hackers Use Kali Linux (makeuseof.com)

Mavzuga oid maqolalar