Bularning bir-biridan farqlari?
Bu mavzu bo’yicha yozilgan maqolani o’qishdan avval, internetni qorong’i tubidan foydalanmoqchi bo’lsangiz, maqsadsiz yoki shunchaki bekorchilikdan foydalanishingiz uchun tavsiya qilmaymiz. Chunki bu mavzuda o’ta jiddiy jinoiy javobgarlikka tortilish extimoli bo’lgani uchun sizni oldindan ogohlantirib o’tish maqsadga muvofiq bo’ladi. Agar ogohlantirishga qaramasdan internet qorong’i tubidan foydalansangiz o’zingiz sezmagan holda ba’zi bir saytlarga kirib nojo’ya harakatlarga aralashib qolishingiz mumkin. Shuning uchun uning oldini olgan holda internetning qorong’i tubidan foydalanishda extiyot shartligini ta’kidlab o’tamiz.
Mavzu bo’yicha ma’lumotlarni to’liqroq yoritib berish uchun internet qorong’i tubi nima va ular nima uchun ishlatiladi hamda foydalari va zararlari haqida bilib olasiz.
“Surface Web” bu – internetning tashqi tarmog’i bo’lib siz bilan biz va butun aholi foydalanayotgan tarmoqdir. Bu tarmoqda qidiruv tizimlari orqali turli xil mavzular bo’yicha (ilmiy munozaralar, ochiq vebinarlar, kino, videofilmlar va hokazolar) talaygina ma’lumotlar topishingiz mumkin. Bu ruxsat etilgan tarmoqdir.
Endi esa internetning “Deep Web” tarmog’i haqida gaplashamiz.
“Deep Web” – bu chuqur tarmoq bo’lib internet ostidagi tarmog’i hisoblanadi. Bu tarmoqda esa bloklangan saytlar mavjud.
Bunda kuchli himoyalangan katta korporatsiyalarning saytlari joylashgan bo’ladi.
Bu saytlarga esa parollar orqali oddiy brauzerlarni ishlatsa bo’ladi. Ammo bu brauzerlarga parollar orqali kirish mumkin bo’ladi. Bu saytlarni Deep Webga joylashtirilishining sababi xakerlarning hujumidan himoya qilish uchundir. Mana shuning uchun ham himoya ostiga olinishi Deep Webning foydali tomonlaridandir.
Ko’rib turganingizdek, chuqur internetning asosiy qismi ko’pchiligimiz foydalanadigan zararsiz, hatto foydali web-sahifalar va hujjatlardan iborat. Ularning begona odamlarga taqiqlanganligida hech qanday yomon narsa mavjud emas shunchaki himoyalanishni oldi olingan bo’ladi.
“Dark Web” (ya’ni Darknet) bu internetning eng qorong’i tubi hisoblanadi.
“Darknet”lar – asosan shubhali faoliyat uchun foydalaniladigan tarmoqlarning cheklangan qorong’i tubidir. U internetning xavfli joyidir. Masalan tashqi “Surface Web”da barcha foydalanuvchilar bemalol muloqot qilsa, “Darknet”da esa yashirincha muloqotni amalga oshiradilar. Serverlar, kompyuterlar nafaqat qidiruv tizimlariga, balki ma’lumotlarni uzatish uchun nostandart protokollardan foydalanganligi sababli, ko’pchilikka brauzerlarda ham ko’rinmaydi. To’g’ridan-to’g’ri havola ham, parol ham oddiy foydalanuvchini kirita olmaydi.
Albatta, xakerlar va jinoyatchilar maxfiylikka muhtoj bo’lgan yagona odamlar emas.Screenshot from 2023-01-03 23-02-21 Dissidentlar (bu – qo’shilishmaganlar, qarshilar), so’z erkinligi faollari, tergovchi jurnalistlarga yordam berayotgan, ma’lumot tarqatuvchilar va boshqa ko’plab odamlar ta’qiblardan qochish va onlayn rejimda anonim muloqot qilish uchun eng qorong’i tubidan foydalanadilar.
Ba’zi odamlar u yerga o’z ma’lumotlarini himoyalangan tarzda internetdan uchun ham kiradilar. Buning uchun xavfsiz va arzon vositalar mavjud, ammo ba’zilari radikalroq yondashuvni afzal ko’rishadi.
Shunday ekan, internetning qorong’i tubidan foydalanmaslikni ta’kidlaganimizni sababi bu darknetda asosan qurol-yarog’lar, giyoxvand modda savdogarlari, tovlamachilar, o’girlangan ma’lumotlarni sotuvchilar, pornografik videokadrlar, soxta pasport xujjatlari xatto odam savdosi bilan ham shug’ullanadiganlar bo’lgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilish extimoli qayd etilganidandir.
Internet qorong’i tubi xavfsizligining barcha choralari
Ma’lumotlarning yashirincha tutilishi, hamma uchun ham emas, o’zlariga tegishli bo’lgan shaxslarga nisbatan mo’ljallangandir. Agar masalan, korporativ yozishmalar qidiruv indeksiga tushib qolsa, oqibati yomon bo’lishi mumkin. Internetni o’zingiz uchun tegishli qismini – faqat siz kirishingiz mumkin bo’lgan hisoblar va hujjatlarni himoya qilganingiz ma’qul.
Har doim kuchli va noyob parollardan foydalaning, agar sizda ularning barchasini eslab qolish uchun juda ko’p hisoblaringiz bo’lsa, ularni nazorat ostida saqlashga yordam beradigan parol menejeridan foydalaning.
Hisob ma’lumotlaringizni onlayn kiritishdan oldin har doim aynan qayerda ekanligingizni tasdiqlang. Misol uchun, agar URL noto’g’ri yozilgan bo’lsa yoki ma’nosiz harflar va raqamlar aralashgan bo’lsa, sahifaga ishonmaslik kerak.
Maxfiy hujjatlarga faqat haqiqatdan ham tegishli bo’lganlarga ruxsat bering.
Huquq himoyachilari forumi va xakerlar forumi o’rtasidagi farqni to’liq bilib olmaguningizcha tarmoqning qorong’i tubidan qoching.
Eng ko’p o’qilgan maqolalar