Navbatdagi maqolamizda VPN haqida ma’lumotlarga ega bo’lasiz.
VPN (“Vertual private network”) bu – inglizcha so’zdan olingan bo’lib, mavjud tarmoq ustiga o’z shaxsiy tarmog’ingiz o’rnatiladigan texnologiyadir. VPN bilan siz internet tarmog’i orqali almashinayotgan ma’lumotlaringiz xavfsizligini ta’minlashingiz mumkin. Masalan, bir kishi sizni kuzatmoqchi bo’lsa, yoki siz kirmoqchi bo’lgan veb sayt davlatingiz hududida bloklangan bo’lsa VPN ga ulangan holda internetdan foydalanishingiz mumkin.
Agarda kompyuteringiz yoki smartfoningiz VPN’ga ulanmagan bo’lsa, unda sizning ma’lumotlaringiz xakerlarning qo’liga tushish extimoli katta. Aslida hozirgi zamonda moliyaviy holatingiz haqidagi ma’lumotlar va boshqa shaxsiy ma’lumotlaringiz yaxshi himoyalangan bo’lishi kerak.
Internet rivojlangan sari yirik nafaqat kompaniyalar, balki oddiy internet foydalanuvchilari ham VPN’dan foydalanishmoqda. VPN bilan har xil davlatlarga ulanish mumkin.
VPN’ni qanday o’rnatishni bilmasangiz, You tube’da juda ko’p videolar bo’lib, qanday ilovalarni yuklash haqida batafsil tushuntirib o’tilgan. Internetda ham turli saytlarda VPN haqida maqolalar talaygina. Ammo bepul VPN’ni yuklab olishdan oldin juda extiyot bo’lishingiz zarur. Agar siz bepul VPN’dan foydalansangiz u sizni begonalardan himoya qilishi mumkin, ammo sizning konfidensial ma’lumotlaringizga ega bo’lgandan so’ng boshqalarga sotib yuborish xavfi paydo bo’ladi. Bepul VPN’lar shaxsiy hayot uchun to’liq optimallashtirilmagan bo’ladi.
Xalqaro yirik kompaniyalar ham bekorga VPN’dan foydalanishmaydi, chunki ular nafaqat o’z ma’lumotlarini o’g’irlash xavfini oldini oladilar, balki viruslar va zararli dasturlardan himoya qiladilar.
Uy tarmog’iga masofadan kirish uchun ham VPNdan foydalanishingiz mumkin. VPN turlari 2 xil bo’ladi:
- Masofadan turib ichki tarmoqqa kirish;
- bloklangan saytga kirish.
Masofadan turib ichki tarmoqqa kirish. Masalan siz uyingizga VPN o’rnatishingiz va unga boshqa joydan kirish uchun foydalanuvchi ma’lumotlarini to’ldirishingiz kerak bo’ladi. Shunday qilib tashrif buyurgan veb saytlar sizning haqiyqiy IP-manzilingiz o’rniga uy tarmog’ingizni IP-manzilini ko’radi.
Bloklangan saytga kirish. Siz turgan hududda ba’zi saytlar bloklangan bo’lishi mumkin. Lekin siz VPN orqali boshqa bir hudud tarmog’iga ulanasiz va u joydan kerakli saytga kirish imkoniyati paydo bo’ladi.
Dunyoning turli burchaklaridagi tarmoqlar ikki yoki undan ortiq xususiy tarmoq orqali bir-biriga ulangan bo’lib, barchasi internetda bitta virtual xususiy tarmoq sifatida ishlaydi.
Shunday qilib, kim sizga josuslik qilmoqchi bo’lsa, tarmoqdan ma’lumotlar paketlarini osongina ko’rib olishi mumkin. VPN esa sizga katta tarmoq ichidagi yashirin tarmoqdan foydalanish inkoniyatini taqdim etadi. Sizni hech kim aniqlay olmasligi uchun barcha ma’lumotlaringiz maxfiylangan bo’ladi. VPNning zaif tomonlari ham mavjud.
Bu zaif tomonlari internetda xizmat ko’rsatish sifatini ta’minlash uchun soddalashtirilgan proseduralarning yo’qligidir.
Android smartfonlarida ham VPN’ni o’rnatishingiz mumkin. Bu sizning shaxsiy korporativ tarmog’ingizdan tog’ridan-to’g’ri Android qurilmangizga kirishga imkon yaratadi va VPN tarmoq administratori qurilmangizni boshqarish, smartfondagi ma’lumotlarni kuzatish imkoni yengillashtiradi.
Shu va shu kabi muammolarning oldini olish maqsadida VPN dan foydalanish zarurati tug’ilganda imkoni boricha litsenziyaga ega, shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligini kafolatlovchi pullik VPN xizmatlaridan foydalanishingizni tavsiya etamiz.
Eng ko’p o’qilgan maqolalar