PUP nima u qanday xavf tug’diradi?

PUP (potentially unwanted program) – bu potensial kiruvchi dastur bo‘lib, u ko‘pincha kompyuterga boshqa dasturlar yuklanayotganda o‘rnatiladi. Odatda, PUP dasturi marketing vositasi bo‘lib xizmat qiladi va ko‘pincha brauzer sozlamalarini o‘zgartiradi yoki keraksiz reklamalarni ko‘rsatadi. PUP’ning eng keng tarqalgan shakli bu reklama dasturidir.

Troyanlar, qurtlar, Emotet, josuslik dasturlari yoki to‘lov dasturidan farqli o‘laroq, bu dastur  xavfsizlik tizimi yoki Xakerlik hujumlari orqali kompyuteringizga kira olmaydi. Dasturni o‘rnatish odatda foydalanuvchining roziligi bilan amalga oshiriladi

PUP’lar kompyuteringizga qanday kirishadi

PUP’larning o‘zlari odatda zararsiz bo‘lishiga qaramay, ular foydalanuvchini bezovta qilishi, kompyuterdan foydalanishga xalaqit berishi va uni ishlash tezligini sekinlashtirishi mumkin. Shuning uchun, kompyuteringizga har bir o‘rnatayotgan dasturingiz bilan unga hamkor dasturlari ham yuklab olinayotganidan xabardor bo‘lishingiz kerak. Agar siz dastur o‘rnatishda eʼtiborsiz bo‘lsangiz qo‘shimcha ilovalarni o‘rnatishga rozi bo‘lishingiz mumkin.

Ko‘pincha, antivirus dasturi ham PUPʼni o‘rnatishga to‘sqinlik qilmaydi, chunki texnik jihatdan PUP zararli dastur emas. PUP kompyuterga zarar yetkazish uchun mo‘ljallanmagan dasturdir. Bu shuni anglatadiki, PUP virus yoki TROYAN kabi xavfli hisoblanmaydi, lekin siz hali ham PUP’lar kompyuteringizga bilintirmasdan o‘rnatilmaganligiga ishonch hosil qilishingiz kerak. PUP’larning kompyuteringizga qanday zarar keltirishi haqida bir nechta misollar:

  • Ular kompyuteringizni ishlash tezligini sekinlashtiradi, chunki ular juda ko‘p xotira egallaydilar;
  • Ular juda ko‘p reklamalarni namoyish etadilar;
  • Brauzeringizga xotirani egallaydigan asboblar paneli qo‘shadi;
  • Shaxsiy maʼlumotlarni to‘playdi.

PUP’larning eng mashhur turlari

PUPlarning eng keng tarqalgan shakli reklama dasturlari bo‘lib, shuningdek, ular reklama dasturlari sifatida ham tanilgan. Eng mashhur misol – bu toolbars (asboblar paneli) shuningdek, button bars (asboblar paneli) deb ham ataladi. Aksariyat foydalanuvchilar, ehtimol, biron bir vaqtda o‘zlarining brauzerlariga asboblar panelini o‘rnatishgan. Ko‘pincha bu hodisa tasodifan sodir bo‘ladi, chunki asboblar paneli odatda ishlatilmaydi. 

Asboblar panellaridan tashqari, foydali ko‘rinishi mumkin bo‘lgan boshqa turdagi PUP’lar ham mavjud. Ularning aksariyati tizimni tekshirishni amalga oshiradigan dasturlardir. Bunda ular tizimdagi kichik xatolarni aniqlaydilar va vaqtinchalik fayllarni o‘chirish uchun chiqaradilar. Optimallashtirishni amalga oshirish uchun foydalanuvchi odatda avval pullik mahsulotga o‘tishi kerak.

Buni bajarish noqonuniy emas, lekin bu birinchi navbatda zerikarli va juda shubhali. Agar siz mahsulotning pullik versiyasidan foydalanishni xohlamasangiz, uni darhol o‘chirib tashlashingiz mumkin, chunki u hech qanday foyda keltirmaydi.

PUP’larni qanday tanish mumkin?

PUP dasturini aniqlash uchun birinchi navbatda potensial kiruvchi dasturlarni kategoriyalarga ajratish kerak. Ilova PUP ekanligini aniqlash uchun xavfsizlik muhandislari noto‘g‘ri xatti-harakatlar ro‘yxatini ko‘rib chiqishadi. Agar ushbu xatti-harakatlarning bir yoki bir nechtasi turli dasturlarda topilsa, ular PUP sifatida ko‘riladi.

PUP mezonlari qidiruv natijalarini o‘zgarishi, yuklab olish jarayonining buzilishini, shuningdek, taqiqlangan reklama kabi veb qoidabuzarliklarni o‘z ichiga oladi.

 PUP’dan qanday himoyalanish kerak?

  • Dasturni o‘rnatishda ehtiyot bo‘ling: Yuqorida aytib o‘tilganidek, potensial kiruvchi dasturlar odatda beixtiyor kompyuteringizga paydo bo‘ladi. Agar siz kompyuteringizga bepul dasturni o‘rnatsangiz, bu esa dasturiy taʼminotni moliyalashtirish uchun ishlatiladigan hamkor dasturlarni yuklab oladi. PUPʼlardan ehtiyot bo‘lish uchun bepul dasturlarni o‘rnatayotganda doimo ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Shaxsiy dialoglarni diqqat bilan o‘qib chiqing. Chunki o‘qib chiqish jarayoni sizni PUPlardan himoya qilishdan tashqari, hech qanday zararli dasturlar kompyuteringizda tasodifan paydo bo‘lmasligini taʼminlaydi.
  • “Murakkab o‘rnatish”: Dasturiy taʼminotni yuklab olgandan so‘ng sizga odatda “tezkor o‘rnatish” va “murakkab o‘rnatish” varianti taklif etiladi. Ikkinchisi sizning kompyuter va texnologiyani yaxshi bilishingizga hech qanday aloqasi yo‘q, bu shunchaki marketing hiylasi hisoblanadi. “Murakkab o‘rnatish” ni tanlang va o‘rnatish vaqtida har doim qo‘shimcha dasturlarni tanlashni bekor qiling. Shunday qilsangiz, siz tasodifan qo‘shimcha PUP ni o‘rnatish xavfiga ega bo‘lmaysiz.
  • Asl nusxaga ishoning: Qo‘shimcha himoya chorasi sifatida har doim dasturiy taʼminotni bepul yoki yuklab olish portallaridan emas, balki asl ishlab chiqaruvchidan yuklab oling.
  • Ishonchsizlik: PUPʼlar tizimingizni rivojlantirishni vaʼda qiladi yoki internet ishlashini sezilarli darajada tezlashtiradi. Siz har doim ham bu vaʼdalarga ishonmasligingiz kerak. Agar ishonchingiz komil bo‘lmasa, Internetda ko‘plab tadqiqotlar bunga aniqlik kiritishi mumkin.
  • Qorong‘u naqshlarni tanib oling: “Qorong‘u naqshlar” – bu odamlarni aldash uchun ataylab tuzilgan foydalanuvchi interfeyslari. Ular foydalanuvchini o‘z ixtiyori bilan qilmagan harakatlarga aldash uchun mo‘ljallangan. Masalan, obunani bekor qilish tugmachasini topish qiyin bo’lgan axborot byulleteni yoki mijoz bilan bog‘lanish maʼlumotlarini topish qiyin bo’lgan veb-sayt.
  • Qo‘shimcha xavfsizlik choralari: Dasturiy taʼminotni yuklab olishni sinchkovlik bilan tekshirishdan tashqari, siz qo‘shimcha xavfsizlik dasturlaridan foydalanishingiz mumkin. Bularga, masalan, pop-up(qalqib chiquvchi oyna) yoki reklama blokirovkasi va antivirus dasturlari kiradi.

PUPʼni shaxsiy kompyuteringizdan olib tashlash yo‘llari

PUP(potensial kiruvchi dastur)lar odatda boshqa dasturlarga qo‘shimcha hamkor dastur sifatida tasodifan o‘rnatiladi. Biroq, ular viruslar emasligi sababli, ularni o‘chirish ko‘p vaqt talab qiladi. Shunday bo‘lsa ham virus dasturlarga nisbatan pupʼlar oson yo‘q qilinadi. Odatda PUPʼlarni ko‘p harakat qilmasdan yoki tashqi yordamsiz o‘chirishingiz mumkin.

Windows kompyuterida PUP’larni o’chirish

Windows 10 kompyuterlarida Control panel(Boshqaruv paneli)ni oching va Programs(Dasturlar) kategoriyasini tanlang. Bunda siz kompyuteringizga barcha o‘rnatilgan dasturlarning ro‘yxatini ko‘rasiz. O’chirmoqchi bo‘lgan dasturingizni tanlang va yuqori paneldagi O‘chirish tugmasini bosing. Dasturiy ta‘minotni kompyuteringizdan to‘liq olib tashlash uchun o’chirish bo’yicha ko’rsatmalarga amal qiling.

Mac yoki MacBook’da PUP’larni o’chirish

Apple kompyuterlari uchun o‘chirish jarayoni biroz boshqacharoq. Mac App Store orqali o‘rnatilmagan dasturiy ta‘minotni olib tashlash uchun Finder ni oching va chap tomondagi menyu satridan MacBook yoki Mac kompyuteringiz nomini tanlang. Keyin kompyuterning ichki qattiq diskini ochishingiz kerak. Bu esa Macintosh HD deb belgilangan.

Ilovalarning pastki papkasida siz barcha o‘rnatilgan dasturlarni topasiz. Endi kerakli dasturni Dock’dagi axlat qutisiga torting. Bu kerakli dasturni to‘liq o‘chirishga olib keladi. Saqlash joyini bo‘shatish uchun ikki marta axlat qutisini bosing va keyin “Axlat qutisini bo‘shatish” ni tanlang.

PUP’larning qisqacha mazmuni

Potensial kiruvchi dasturlar (PUPlar) texnik jihatdan zararli dastur hisoblanmaydi, lekin ular kompyuteringizga zarar yetkazib, baʼzi muammolarga olib kelishi mumkin. Yaʼni ular juda ko‘p xotirani talab qiladi va shuning uchun kompyuteringizni ishlashini sekinlashtiradi. Qo‘shimcha xavfsizlik choralari sizni PUPlardan himoya qilishga yordam beradi. Asosiysi, PUPlardan eng yaxshi himoya bu bepul dasturlarni o‘rnatishda ehtiyot bo‘lishdir. O‘rnatish qoidalarini diqqat bilan o‘qing va tez yoki standart o‘rnatish variantini tanlamang.

Mavzuga oid maqolalar