Karnegi Mellon universiteti tadqiqotchilari robotlarni o‘rgatishning yangi videoga asoslangan usulini ishlab chiqishdi.
Robotlar yangi ko‘nikmalarni o‘rganish maqsadida videodagi odamlar tomonidan bajarilgan harakatlarni tahlil qilishadi. Ushbu usul orqali avtonom qurilmalarning o‘rganish jarayoni soddalashtiriladi, vaqt va xarajatlar esa kamayadi.
E’tiborli tomoni ilgari “temir” yordamchilarini tayyorlash shaxsning bevosita ishtirokini yoki simulyatsiya qilingan muhitda uzoq muddatli mustaqil treningni talab qilar edi. Hozir muhandislar turli uy vazifalarini bajarayotgani aks etgan video ma’lumotlardan foydalanishmoqchi va robotlarga asosiy harakatlarni shu tarzda o‘rgatishmoqchi.
Shunga asoslangan holda, har bir vaziyat uchun xulq-atvor modeli ishlab chiqiladi. Videoda mashq qilingandan so‘ng, robotlar real sharoitlarda mashq qilishadi, ammo bunday sharoitda ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun atigi 25 daqiqa kifoya qiladi.
Tadqiqotchilar internetda topish mumkin bo‘lgan tayyor videolar yordamida robotlarni 12 xil vazifani bajarishga o‘rgatish orqali o‘z yondashuvlarining muvaffaqiyatini ko‘rsatishmoqchi.
Eng ko’p o’qilgan maqolalar