Har bir inson o’z hayotini xuddi kinolardagi qahramonlar hayotiga o’xshashini xohlaydi. Dasturchilar ham o’z professional hayotlarini filmlar nuqtai nazaridan ko’rishni yaxshi ko’radi.
Hammamizga ma’lumki, Gollivud sun’iy intellekt, hakkerlik va shu kabi texnologiyalarning rivojlangan darajalarini o’z filmlarida mukammal ko’rsatishi bilan mashhur. Shuning uchun hozir biz bilan har bir dasturchi ko’rishi kerak bo’lgan eng yaxshi filmlarga e’tibor qaratamiz .
Dasturchilar uchun eng yaxshi filmlar
Har bir dasturchi ko’rishi kerak bo’lgan texnologik filmlar ro’yxatidan quyidagilar o’rin olgan:
1. “Tron” (Tron)
Film 1982-yilda chiqarilgan. Bu ilmiy-fantastik, jangovar-sarguzasht film hisoblanadi. Film Jeff Bridjsning kompyuter dunyosiga qanday tushib qolgani va kompyuter olami bilan o’zaro aloqada bo’lish orqali u yerdan qochishga harakat qilayotganini ko’rsatadi. Nihoyat, u bu kompyuter olamidan chetlanib, o’z bilimlarini qo’llash orqali normal dunyoga qaytishga muvaffaq bo’ladi. Bu dasturchilar uchun tomosha qilish uchun eng yaxshi film sanaladi, chunki u bizga texnik bilimlarimizni turli xil vaziyatlarda qo’llashni o’rgatadi.
2. “Hakkerlar” (Hackers)
Film 1995-yilda chiqarilgan. Uning rejissyori Iain Softley va bosh rolni Jonni Li Miller ijro etgan. Ushbu film internetdan foydalanish mashhur bo’lmagan paytda chiqarilgan. Filmda kam sonli o’rta maktab o’quvchilari o’zlarining texnik bilimlarini korporativ tovlamachilik uchun ishlatishlari ko’rsatilgan. Film tanqidchilar tomonidan turli baholarga sazovor bo’ldi, ammo bu dasturchilar va xavfsizlik ixlosmandlari uchun eng yaxshi asar edi.
3. “Silikon vodiysi qaroqchilari” (The Pirates of Silicon Valley )
Film 1999-yilda chiqarilgan. Bu biografik drama film edi. Rejissyor Martyn Burk bo’lib, Stiv Jobs rolini Noa Uayl va Bill Geyts rolini Entoni Maykl Xoll ijro etgan. Ushbu film bizga “Apple” va “Microsoft” dasturiy ta’minot kompaniyalari qanday qilib muvaffaqiyat qozonishini hikoya qilib beradi. Ushbu filmlarning asosiy g’oyasi – “Apple” yaratuvchisi Stiv Jobs va “Microsoft” yaratuvchisi Bill Geyts qanday qilib hamma foydalanishi mumkin bo’lgan shaxsiy kompyuterlar g’oyasini ilgari surgani haqidadir.
Film 1980-yillarning boshida IBM bilan boshlanadi. O’sha paytda IBMni hisoblash sohasida yengib bo’lmas edi. Shuningdek o’sha paytda Stiv Jobs o’zining “Apple” nomli kompaniyasini yaratdi va oddiy garajda kompyuterlar yasashni boshladi. Oxir-oqibat, film ikkala qahramon ham kompyuterni yaratishda foydalangan mafkura va metodologiyani ko’rsatadi. Hozir esa ular dunyodagi eng yaxshi dasturiy ta’minot kompaniyalaridan hisoblanadi.
4. “Antitrust”
U 2001-yilda yaratilgan. Bu texno-triller film hisoblanadi. Agar siz dasturiy ta’minot dunyosining iflos tomonlari haqida bilmoqchi bo’lsangiz, unda ushbu filmni tavsiya qilish mumkin. Film katta ish haqi va norasmiy ish muhitini ta’minlaydigan korporatsiya kompaniyasida ishlaydigan ideal dasturchilarni tasvirlaydi. Yosh iste’dodli dasturchi tashkilotga ishga kiradi, lekin keyinchalik u yerda nimadir noto’g’ri ekanligini bilib qoladi.
Keyin dasturchi o’zining texnik ko’nikmalaridan foydalanadi va muammoni aniqlaydi. Ushbu film dasturchilar uchun eng sevimli filmdir, chunki u sizning texnik bilimlaringizni qo’llashning eng yaxshi usulini ko’rsatadi.
5. “Ijtimoiy tarmoq” (The Social Network)
Film 2010-yilda chiqarilgan. Bu biografik drama film. Ushbu film Facebook va Mark Tsukerbergning haqiqiy hikoyasini ko’rsatadi.
Film Mark Sukerbergning dunyodagi eng ommabop va juda ko’p foydalaniladigan ijtimoiy tarmoq sayti “Facebook”ni yaratishda duch kelgan qiyinchiliklari haqidadir. Har qanday dasturchi ushbu filmni tomosha qilishni yaxshi ko’rishi shubhasiz, chunki u o’z maqsadlariga erishish uchun aniq fidoyilikni ko’rsatadi.
6. “Amaliyot” (The Internship)
Film 2013-yilda chiqarilgan. Bu komediya janridagi filmdir. Rejissyor- Shoun Levi, bosh rollarni Vince Von va Ouen Uilson ijro etgan.
Bu endilikda texnik narsalarni o’rganish uchun juda qariman deb o’ylaydiganlar uchun eng yaxshi tavsiya etilgan film.
7. “Jobs”
Film 2013-yilda chiqarilgan. Bu biografik drama filmlardan biri hisoblanadi. Rejissyor Joshua Maykl Stern bo’lib, aktyor Eshton Kutcher eng yirik “Apple” dasturiy ta’minot kompaniyasi asoschisi Stiv Jobs rolini ijro etgan. Film Stiv Jobsning maktab hayotidan iPod ixtirosigacha bo‘lgan hayotiga asoslangan. Stiv Jobs butun dunyodagi dasturchilar uchun ilhom manbai bo’lganligi sababli, bu film haqiqatan ham ilhomlantiruvchi manba bo’la oladi. Film nafaqat Jobsning muvaffaqiyat tarixini, balki dunyoni o’zgartirish uchun uning qarashlarini ham ko’rsatadi.
8. “Taqlid o’yini” (The Imitation Game )
Film 2014-yilda chiqarilgan. Bu tarixiy drama. Bu film Alan Turing va uning jamoasi tomonidan dunyodagi birinchi kompyuter ixtirosi haqida hikoya qiladi. Film oxirida Alan va uning jamoasi nemis Enigma kodini dekodlash usulini o’ylab topishlari ko’rsatilgan. Bu dasturchilar uchun eng yaxshi film bo’lishi mumkin.
9. “Ex Machina” (ingliz)
Film 2014-yilda chiqarilgan. Bu ilmiy-fantastik psixologik triller film sanaladi. Film insoniyatning yaxshiroq hayot kechirishi uchun sun’iy intellekt kabi texnologiyalarning ko’plab ko’rinishlarini ko’rsatib beradi. Hikoya bosh direktori tomonidan aqlli insonga o’xshash robotga taklif qilingan dasturchi atrofida sodir bo’ladi. Unda dasturchilarning dasturiy ta’minot olamidagi kurashi va bu texnologiyadan to’g’ri foydalanilmasa jamiyatga qanday zararli ta’sir ko’rsatishi aytilgan.
9. “Matritsa” (Matrix)
1999-yilda chiqarilgan Matritsa ilmiy-fantastik film bo‘lib, uni hamma sevadi. Odamlar ushbu ilmiy-fantastik filmni ko’p marotaba tomosha qilishgan, chunki hikoya juda qiziq yoritib berilgan. Kinoda Neo ismli hakker bir terrorchidan qo’ng’iroq qabul qiladi. Aynan shu paytda rasmiylar u haqida bilib olishadi va uni ov qilish missiyasini boshlaydilar. Neo superkompyuterga qarshi kurashadi. Xullas ushbu ajoyib kino ko’pchilik tarafidan iliq kutib olindi.
10. “Takedown”
2000-yilda chiqqan, Takedown (Trackdown) — janri jihatda badiiy boʻlmagan Takedown kitobiga asoslangan amerikalik jinoiy triller hisoblanadi. Filmda hakker Kevin Mitnik FQB tergovidan qochish uchun o’z iste’dodidan qanday foydalanishi va dasturlarini taqdim etishi tasvirlangan. Mitnik filmdagi ko’plab kompyuterlarni ishg’ol qiladi, lekin u Tsutomu Shimomuraning kompyuteri bilan ham xuddi shunday qilishga urinib ko’rganida vaziyat o’zgaradi. Shunday qilib, film dasturchilar ro’yxatiga kiritilishi mumkin deb ayta olamiz va ularni ko’plab savollar berishga undaydi.
11. “Beshinchi hokimiyat” (The Fifth Estate)
2013-yilda chiqarilgan “Beshinchi mulk(hokimyat)” – Wikileaksning juda mashhur voqeasi hisoblanadi va uning yaratilishiga sabab bo‘lgan real voqealarga asoslangan biografik triller film. Wikileaksga 2006-yilda jurnalist Julian Assanj tomonidan asos solingan, u ushbu platformadan ko’plab pora bilan shug’ullanuvchi kompaniyalar va rahbarlarni fosh qilish uchun foydalangan. Film veb-saytni to’liq yaratishga va undan ma’lum bir maqsadni bajarish uchun qanday qilib ishlatilish mumkinligini ko’rsatadi. Dasturchilar uchun bu film yaxshi tanlov bo’lishi mumkin, chunki ular ko’p narsalarni o’rganishlari ehtimoli yuqori.
Foydalanilgan manba: https://www.geeksforgeeks.org/best-tech-movies-that-every-programmer-must-watch/
Eng ko’p o’qilgan maqolalar