O’z dizaynlaringizni yaratish va ularni rivojlantirish uchun foydalanishingiz mumkin bo’lgan, sohada eng yaxshi tajribaga ega kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan va qo’llab-quvvatlanadigan eng yaxshi tizimlar ro’yxati bilan tanishing.
So’nggi bir necha yil ichida interfeysni loyihalashning ko’lami va tezligi sezilarli darajada oshdi. Millionlab veb va mobil ilovalar mavjud va bu millionlab veb-saytlar yoki ilovalar yuzlab va minglab ekranlarga ega bo’lishi mumkin. Dizaynni bir miqyozda boshqarish va jarayonni soddalashtirish uchun bizga dizayn tizimlari kerak.
Ushbu maqolada men dizayn tizimlari haqida suhbatni boshlamoqchiman. Dunyo bo’ylab kompaniyalar raqamli o’zgarishlarga sarmoya kiritishda davom etar ekan, ular yangi mahsulotlarni yaratish uchun ketadigan vaqtni qisqartirishlari kerakligini tushunishmoqda. Dizayn tizimi bir nechta a’loqa nuqtalarida buni samarali bajarishga yordam beradigan shunday manbalardan biridir. Shunday qilib, vaqtni boy bermang.
Dizayn tizimi o’zi nima?
Ushbu maqolani yozish uchun izlanayotib, men aniq va to’g’ri ta’rifni qidirayotgan edim, ammo Internetda men faqat bir nechta noaniq tushunchalarni topdim. Demak, bu ya’ni, ma’lumot uni kimdan so’raganingizga qarab farq qiladi.
Buni quyidagi ikkita ta’rif orqali izohlash mumkin :
1. “Dizayn tizimi – bu turli sahifalar va kanallarda umumiy til va vizual izchillikni yaratishda ortiqcha iste’molni kamaytirish orqali dizaynni bir miqyosda boshqarish uchun foydalaniladigan standartlar to’plami” dir.
2.“Dizayn tizimi – qayta foydalanish mumkin bo’lgan UI komponentlari to’plamidir. Unda siz dizayn faylida qayta ishlatilishi mumkin bo’lgan tugmalar, matn va boshqa belgilar kabi UI elementlarini belgilashingiz mumkin. Bu esa dizaynning ish jarayonini ancha osonlashtiradi”.
Xulosa qilib aytganda, dizayn tizimi – bu ortiqcha iste’molni kamaytirish va izchillikni saqlash orqali dizaynni bir miqyosda boshqarishning imkonini beruvchi standartlar to’plamidir.
1. Material dizayn tizimi
Bu oddiy, chiroyli dizayn namunalari va uslubiy qo’llanmalar uchun qo’l keladigan dizayn tizimidir. Bu dizayn tizimi Google kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.
2. Fluent dizayn tizimi
Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan Fluent dizayn tizimi.
3. Atlassian
Oddiy, intuitiv va chiroyli tajribalarni yaratish uchun dizayn tili.
4. Polaris
“Shopify” dan Polaris. U dizayner va ishlab chiqaruvchining ish jarayonini birlashtiradi.
5. Human interfeysi bo’yicha ko’rsatmalar
Ushbu dizayn tizimi orqali Apple platformalari bilan uzluksiz integratsiyalashgan ajoyib ilovalarni loyihalash uchun kerakli ma’lumot va UI resurslariga ega bo’lishingiz mumkin.
6. Carbon dizayn tizimi
Carbon – bu mahsulotlar va raqamli tajribalar uchun IBMning ochiq manbali dizayn tizimi
7. Mailchimp
Mailchimp dizayn tizimi quvnoq va ma’noli
8. Audi
Audi uchun foydalanuvchi interfeysi.
9. Airbnb dizayn tizimi
Airbnb tomonidan ishlab chiqilgan.
10. Lightning (Chaqmoq) loyihalash tizimi
Foydalanishga tayyor bo’lgan HTML va CSS UI elementlari “Salesforce” ning rivojlanishi uchun asos yaratadi.
Bundan qanday saboq olishingiz mumkin?
Aytaylik, Siz kategoriyali menyuga ega elektron tijorat saytini loyihalashtiryapsiz. Ochiladigan ro’yxatdagi strelka qanday o’lchamda bo’lishi yoki matndan qanchalik uzoqda joylashtirilishi kerakligini bilmayapsizmi?
U holda bu vazifani qanday amalga oshirishni “Shopify” kabi savdo platformasi orqali o’rganishingiz mumkin!
Eng ko’p o’qilgan maqolalar