{"id":4152,"date":"2022-12-29T17:52:11","date_gmt":"2022-12-29T17:52:11","guid":{"rendered":"https:\/\/texnokun.uz\/?p=4152"},"modified":"2022-12-29T17:52:12","modified_gmt":"2022-12-29T17:52:12","slug":"fireart-va-webbee-dan-offer-oldim","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/texnokun.uz\/?p=4152","title":{"rendered":"FireArt va Webbee dan offer oldim."},"content":{"rendered":"\n<div class=\"wp-block-group\"><div class=\"wp-block-group__inner-container is-layout-constrained wp-block-group-is-layout-constrained\">\n<div class=\"wp-block-columns are-vertically-aligned-center is-layout-flex wp-container-core-columns-is-layout-8f761849 wp-block-columns-is-layout-flex\">\n<div class=\"wp-block-column is-vertically-aligned-center is-layout-flow wp-block-column-is-layout-flow\" style=\"flex-basis:50%\"><div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter size-full is-resized\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" src=\"https:\/\/texnokun.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/12\/image-117.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-4469\" width=\"423\" height=\"113\" srcset=\"https:\/\/texnokun.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/12\/image-117.png 434w, https:\/\/texnokun.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/12\/image-117-300x80.png 300w\" sizes=\"auto, (max-width: 423px) 100vw, 423px\" \/><\/figure>\n<\/div><\/div>\n\n\n\n<div class=\"wp-block-column is-vertically-aligned-center is-layout-flow wp-block-column-is-layout-flow\" style=\"flex-basis:50%\"><div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter size-full\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"318\" height=\"158\" src=\"https:\/\/texnokun.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/12\/image-119.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-4471\" srcset=\"https:\/\/texnokun.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/12\/image-119.png 318w, https:\/\/texnokun.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/12\/image-119-300x150.png 300w\" sizes=\"auto, (max-width: 318px) 100vw, 318px\" \/><\/figure>\n<\/div><\/div>\n<\/div>\n<\/div><\/div>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>Bu maqolada o&#8217;zim ishga topshirish jarayonini boshlaganimdan toki yuqoridagi ikki kompanidan ish uchun offer olgunimcha bo&#8217;lgan jarayonni, xususan, resume va portfolio tayyorlash, HR interview&#8217;lar, tech interview&#8217;lar haqida batafsil yozishga harakat qilaman. Ishga topshirishga ikkilanib yurgan yoki ish topishda qiynalayotganlarga foydali bo&#8217;ladi deb umid qilaman.<\/em><\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Disclaimer! Bu maqola juda ham uzun bo&#8217;ladi. Maqolada o&#8217;zbekcha, inglizcha va ruscha so&#8217;zlar aralash ishlatiladi. Men tanlagan yo&#8217;l aynan siz uchun mos kelmasligi mumkin. Shuning uchun faqat kerakli qismini oling.<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<h2 class=\"wp-block-heading\" id=\"Resume-va-Portfolio-tayyorlash\">Resume va Portfolio tayyorlash<\/h2>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">1-sentabr kuni, ishga topshirishga harakatni jiddiy boshladim. Birinchi navbatda qiladigan ishlarim bu &#8211; resume va portfolio tayyorlash edi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Avvalo resume qanday tayyorlanishini, nimalarga ko&#8217;proq e&#8217;tibor berish kerak ekanligini o&#8217;rganib chiqdim. Bunda menga <a href=\"https:\/\/zerotomastery.io\/blog\/how-to-interview-land-a-job-and-get-a-raise\/\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">Andrei Neagoie<\/a>, <a href=\"https:\/\/azimjon.com\/blog\/yaxshi-rezyume-tayyorlash-haqida\/\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">Azimjon Pulatov<\/a> yozgan maqolalari ko&#8217;proq yordam berdi. Keyin esa resumeni yasashga kirishdim. Avvaliga bir nechta resume builder site&#8217;lardan foydalanib ko&#8217;rdim. Bir necha soat vaqt ketgazib saytda tayyorlagan resume&#8217;imni yuklab olmoqchi bo&#8217;lganimda, ularni pullik ekanligini bilib hafsalam pir bo&#8217;ldi. Bitta fayl uchun $20-$30 to&#8217;lagim kelmadi. Bundan tashqari, bu saytlarda ular ko&#8217;rsatgan shablondan tashqariga chiqib bo&#8217;lmasdi. Shuning uchun, bitta ochiq qo&#8217;yilgan shablon rasmini oldimda, shunga qarab-qarab o&#8217;zim HTML va CSS yordamida resume yozishni boshladim. Resumeni ikki tilda &#8211; ingliz va rus tillarida yozib, browser yordamida PDF formatga o&#8217;g&#8217;rib oldim. Mobodo kimdir shaxsiy web-site&#8217;imni so&#8217;rasa berishlik uchun xuddi shu resumeni Netlify&#8217;ga ham joylab qo&#8217;ydim. Mana o&#8217;sha resume: <a href=\"https:\/\/muhammads-resume.netlify.app\/\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">https:\/\/muhammads-resume.netlify.app<\/a><\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Diqqat! Men resume&#8217;da o&#8217;zim bilmaydigan, ishlatib ko&#8217;rmagan lekin ular haqida kamida maqola yoki docs o&#8217;qigan texnologiyalarimni ham yozib ketdim. Sababi, bu texnologiyalarni kelayotgan oylar ichida o&#8217;rganishni reja qilganman. Agarda interview davomida talab qilinsa, qisqa muddatda o&#8217;rganib chiqishga ko&#8217;zim yetgan. Lekin bunday qilishni boshqalarga tavfsiya bermayman!<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Resume ko&#8217;ngildagidek bo&#8217;lganidan so&#8217;ng, portfolio&#8217;imni to&#8217;g&#8217;rilashga kirishdim. GitHub&#8217;imda yetarlicha project&#8217;lar bor ekan. Men ba&#8217;zilariga shunchaki readme file qo&#8217;shib, projectni qanday ishga tushirishni yozib qo&#8217;ydim xolos.<\/p>\n\n\n\n<h2 class=\"wp-block-heading\" id=\"Ish-izlash-va-ishga-topshirish\">Ish izlash va ishga topshirish<\/h2>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>Ish izlayotgan vaqtim, mening ish uchun aniq talablarim bor edi. &#8220;Remote&#8221;, &#8220;Yuqori maosh&#8221;, &#8220;Rvojlanish uchun imkoniyat&#8221;, &#8220;Relocation&#8221; takliflarini bera oladigan kompaniyalargagina bog&#8217;landim. Mahalliy kompaniyalardan ish izlamadim.<\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Avvaliga telegramdagi turli vakansiyalar joylanadigan rus kanal va guruhlaridagi berilgan e&#8217;lonlarga yozishni boshladim. Taxminan 10 tacha joyga yozdim. Bundan tashqari xuddi shu kanallarga o&#8217;zim ham ish izlayotganligim haqida <a href=\"https:\/\/t.me\/nodejs_jobs\/81011\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">e&#8217;lon berdim<\/a>. Bu e&#8217;lonni taxminan uch marta qayta-qayta yubordim<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">LinkedIn akkountimni to&#8217;ldirib, u tavfsiya qilgan e&#8217;lonlarga ham apply qilib chiqdim. Taxminan 15-20 tacha joyga LinkedIn orqali topshirdim.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><a href=\"https:\/\/djinni.co\/\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">djinni.co<\/a> saytidan ro&#8217;yxatdan o&#8217;tib, u yerdan ham meni qiziqtirgan o&#8217;nlab kompaniyalarni topdim. Saytning o&#8217;zida ularga xabar yozib, resume va portfolio&#8217;larimni yuborib chiqdim.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yaqin tanishim <a href=\"https:\/\/fireart.studio\/\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">fireart.studio<\/a> kompaniyasi haqida aytib qoldi. U yerga ham ishga topshirib ko&#8217;rishimni aytdi. Saytiga kirib, &#8220;careers&#8221; degan bo&#8217;limdan &#8220;Middle Nodejs developer&#8221; pozitsiyasiga ro&#8217;yxatdan o&#8217;tib qo&#8217;ydim.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">FireArt saytini kuzatib turgan vaqtim, Yevropaning top NodeJs ishlatuvchi kompaniyalar ro&#8217;yxatini <a href=\"https:\/\/techreviewer.co\/top-node-js-development-companies\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">topib oldim.<\/a> Shu ro&#8217;yxatdagi 15-20 kompaniya saytlariga o&#8217;tib ish uchun ma&#8217;lumotlarimni qoldirdim.<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yuqoridagi hamma aytilgan joylarga bir kunda topshirmaganman. Bularni hammasi 20 kun ichida turli vaqtlarda sodir bo&#8217;ldi. Maqola tartibli bo&#8217;lishi uchun hammasini jamlab yozdim.<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<h2 class=\"wp-block-heading\" id=\"Dastlabki-kelgan-javoblar-(failure)\">Dastlabki kelgan javoblar (failure)<\/h2>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Rus kanallaridagi berilgan vakansiyalarga yozgan vaqtim, juda ham ko&#8217;pchilik meni &#8220;ignore&#8221; qilishdi. Shunchaki xabarni o&#8217;qib javob berishmadi. Javob berganlari ham, suhbatni uzoq davom etmay, yo&#8217;q bo&#8217;lib qolishdi. Men o&#8217;zim e&#8217;lon tashlaganimdan keyin menga qiziqqanlar ko&#8217;p bo&#8217;ldi. Lekin aksariyati rus tilini bilmaganligim va full-stack dasturchi emasligim uchun rad javobi berishdi.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/telegra.ph\/file\/6d783a43b279de4c4a79e.png\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/telegra.ph\/file\/344992343f3bc6342e062.png\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/telegra.ph\/file\/2364049d090985c78254a.png\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/telegra.ph\/file\/302b0de5c6ae459d8db7c.png\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">LinkedIn orqali topshirgan joylarimdan deyarli xabar kelmadi. Ba&#8217;zilari pochtamga &#8220;qora xatini&#8221; yuborishdi. Qolganlari yubormadi ham. Bunda o&#8217;zimni aybim katta bo&#8217;lgan. Vakansiyani to&#8217;liq o&#8217;qib chiqmasdan topshiraverganman. Keyin qarasam, aksariyati AQSH va Yevropada yashaydiganlarni ishga olishini yozgan ekan.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/telegra.ph\/file\/27329ccb064c4c3e31637.png\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Djinni saytidan ham ba&#8217;zi recruiterlar uzur so&#8217;rab javob qaytarishdi, qolganlari xabarimni o&#8217;qib, javob berishmadi. Keyin bu ham aslida o&#8217;zimni xatoim ekanligini tushundim. Saytda profilni to&#8217;ldirishda xatoga yo&#8217;l qo&#8217;yganman. E&#8217;lonlarga xabar yozishdan avval profilimni sozlamaganman, profil &#8220;default&#8221; data bilan qolgan. Xabarni yozib bo&#8217;lib, keyin profilni &#8220;update&#8221; qildim. Lekin shu joyida candidate&#8217;ning o&#8217;rtacha maoshi $300 qolib ketgan ekan. Men uni ko&#8217;tarib qo&#8217;ydim. Aslida recruiter&#8217;larga yozishdan avval profilni update qilish va narxni ko&#8217;tarish kerak ekan, keyin emas.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/telegra.ph\/file\/870261d2bc0d3614a7e8a.png\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yevropadagi top nodeJs kompaniyalardan ham javob kelmadi. Faqatgina BrainHub uzur so&#8217;rab javob yozdi xolos.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/telegra.ph\/file\/ed52af3c6797e24f6985b.png\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<h2 class=\"wp-block-heading\" id=\"Birinchi-interview\">Birinchi interview<\/h2>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bir kuni LinkedIn orqali Irina ismli recruiter <a href=\"https:\/\/leverx.com\/\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">leverx.com<\/a> kompaniyasini menga tanishtirib, meni unga bir o&#8217;quvchim tavfsiya qilganligini, agar qiziqsam, kompaniya bilan interview tashkillashtirib bermoqchiligini aytdi. Men rozi bo&#8217;ldim. Google calendar orqali 8-sentabr kuniga birinchi interviewni belgiladim. HR va Tech interview&#8217;lar birgalikda bo&#8217;lishini aytdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Interviewdan bir kun avval, <a href=\"https:\/\/github.com\/sudheerj\/javascript-interview-questions\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">JavaScript <\/a>va <a href=\"https:\/\/github.com\/learning-zone\/nodejs-interview-questions\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">NodeJs<\/a>&#8216;ga doir interview savollarini ko&#8217;rib chiqdim. Ingliz tilimni ham takrorlash maqsadida, savollarni ovoz chiqarib o&#8217;qib, o&#8217;zimga o&#8217;zim javob berib mashq qildim.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Interviewga 15-daqiqacha vaqt qolganida, kompyuterimni yoqib, telefonim kamerasini <a href=\"https:\/\/iriun.com\/\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">Iruin<\/a> dasturi orqali unga ulamoqchi bo&#8217;ldim. PC uchun kamera sifatida doim shunday qilardim. Lekin to&#8217;satdan nimadir bo&#8217;lib, kamera kompyuterga ulanmadi. 5 daqiqa harakat qildim. Foydasi bo&#8217;lmadi. Keyin, sotib yuborish uchun qayta OS o&#8217;rnatib tayyorlab qo&#8217;ygan Macbook&#8217;imni ochdim. 10 daqiqa ichida Safari browserga kirib, Chrome va VsCode&#8217;ni yuklab olib o&#8217;rnatdim. Akkountimga kirdim. Sodir bo&#8217;lgan texnik muammo tufayli qattiq stress boshlandi. Bundan tashqari, bu birinch interview bo&#8217;lganligi sababli juda hayajonlanayotgan ham edim. Lekin interview&#8217;gacha ulgurdim.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Interview boshlandi. Dastlab HR interview bo&#8217;ldi. Manager menga o&#8217;zim kutmagan turli savollarni berib qoldi. Avvalgi ish joyimdan nega ketganligim, ish vaqtidagi biror stress&#8217;li vaziyatni tasvirlab berishim, u vaziyatdan qanday chiqib ketganligim va shunga o&#8217;xshash savollarni so&#8217;radi. Garchi bularga javobni bilsam ham, inglizchada tushuntirib berishga qiynaldim. Juda ham oddiy sintaksis va grammatik xatolar qildim. Shu vaqt manager o&#8217;g&#8217;zini berkitib, sherigiga ukrainchada nimadir deb kuldi. Meni ustimdan kulganligini tushundim. Jahlim chiqib ketdi, kayfiyatim tushib ketdi. Lekin baribir indamadim.<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\">HR manager aslida hech qachon sizning ustingizdan, siz tilga doir bo&#8217;lgan xatolar qilganingiz uchun kulmasligi kerak. Bu yerda HR noto&#8217;g&#8217;ri ish qilgan deb hisoblayman.<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Keyin esa tech interview&#8217;ga o&#8217;tdik. Men bir kun avval tayyorlanganimdek JavaScript yoki NodeJs&#8217;dan deyarli savol tushmadi. Savollar taxminan quyidagicha edi:<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li>SOLID haqida gapirib ber.<\/li>\n\n\n\n<li>SOLID haqida bilmayman.<\/li>\n\n\n\n<li>Yaxshi, unda design patterlar haqida gaplashamiz. Design pattern&#8217;lar orasidagi farqlar nimada?<\/li>\n\n\n\n<li>Men aniq bir pattern, uning tavsifi va uni boshqa patterlar bilan farqini bilmayman. Lekin kodni iloji boricha reusable va clean qilib yozaman.<\/li>\n\n\n\n<li>Hmm, test yozganmisan?<\/li>\n\n\n\n<li>Yo&#8217;q avvalgi loyihalarimni testsiz yozganman<\/li>\n\n\n\n<li>Yaxshi, unda kompyutering ekranini share qilib, menga NodeJs&#8217;dagi Buffer&#8217;ga biror code example yozib ber.<\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shu payt, ekranni share qilmoqchi bo&#8217;ldim. Lekin MacOs browser&#8217;ga share qilishga ruxsat bermadi. Uni sozlamalardan to&#8217;g&#8217;rilash kerak edi. Uni to&#8217;g&#8217;rilamoqchi bo&#8217;lgan vaqtim, browser&#8217;ni restart qilishi haqida ogohlantirdi. Vaziyatni interview olayotgan odamga tushuntirdim. Keyin u, &#8220;ha mayli, qo&#8217;yaver unda&#8221; deb keyingi savolga o&#8217;tib ketdi. Keyingi savollar http protocoli va stream haqida bo&#8217;ldi. Ularga javob berdim.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Savollar tugagach, interviewer menga browser&#8217;imni restart qilib ekranni share qilishni so&#8217;radi. Meetingdan chiqib, browser&#8217;ni restart qilib qayta kirdim. Endigi topshiriq -masala yechish edi. Menga string&#8217;ni decode qilib, xuddi shuni orqaga encode qilib beradigan ikkita funksiya yozib berishimni so&#8217;radi, online VsCode editor uchun link yubordi va 10 daqiqa vaqt berdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Birinchi masalani 5 daqiqalarda yechdim va testni run qilib ko&#8217;rganimda ishlamadi. Nima uchun ishlamaganligini qidirishni boshladim. Oxiri qarasam, faylni saqlamagan ekanman\ud83e\udd26\u200d\u2642\ufe0f. Bu editorda avto-save yo&#8217;q ekan&#8230; Faylni saqlab, testni ishga tushirganimda birinchi funksiyam ishladi. Lekin adashmasam, ikkinchi funksiyani yozish uchun faqatgina 1 daqiqa vaqtim qolgan edi. Ulgurmadim.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Xullas, birinchi interview&#8217;im ko&#8217;ngilsizlik bilan boshlandi, shunday davom etdi va shunday yakunlandi. Garchi bir necha kundan keyin javobni aytamiz degan bo&#8217;lsa ham, men yiqilganimni bildim. Judayam kayfiyatim tushib, shu kun oxirigacha siqilib yurdim. Keyinroq javob ham keldi:<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/telegra.ph\/file\/92a891cf3554f56bcdd0c.png\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<h2 class=\"wp-block-heading\">FireArt bilan bo&#8217;lgan jarayonlar<\/h2>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Endi yaxshi narsalar haqida gaplashsak. LeverX bilan interview bo&#8217;lishidan avvalroq <a href=\"https:\/\/fireart.studio\/\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">fireart.studio<\/a> dan javob kelgandi. Ular mening nomzodimni ma&#8217;qul deb topishib, interview belgilashni taklif qilishdi. Men 9-sentabr kechki vaqtga interview belgiladim.<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\">FireArt &#8211; Polshadagi eng katta outsoucing kompaniyalardan biri. U asosan turli bizneslar uchun dizayn, mobile va web application&#8217;lar yaratish bilan shug&#8217;ullanadi. Bir necha davlatlarda filiali mavjud.<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/telegra.ph\/file\/2a94f2b85f0675d31bc48.png\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bundan bir kun avval LeverX bilan bo&#8217;lgan hol takrorlanmasligi uchun, alamimdan, internetdan eng ko&#8217;p so&#8217;raladigan ellikka yaqin HR savollarni topib, hammasiga o&#8217;z javobimni yozib, inglizchada gapirib tayyorlandim. Interview boshlanguncha rosa ingliz tilini mashq qildim. Bundan tashqari, orada bir tanishim shu kompaniyaga ishga topshirganligi, lekin yoshi yetmagani uchun olishmaganligini eshitib qoldim. U ham menga interview bo&#8217;yicha ancha maslahatlarini berdi va meni referal qilib yubordi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">FireArt bilan dastlab HR interview bo&#8217;lib o&#8217;tdi. Daria ismli HR men bilan interview qildi. LeverX HR manageridan farqli ravishda, Daria juda ham ochiq-ko&#8217;ngil, xushchaq va positiv inson ekan. Suhbat juda ham ajoyib o&#8217;tdi. U ham xuddi kechagidek HR savollar berdi. Men ancha tayyorlanganim uchun, hammasiga yaxshi javob berdim. Biror voqeani tasvirlab berganimdan so&#8217;ng, u ham o&#8217;zi bilan sodir bo&#8217;lgan shunday voqelarni kulib gapirib berib, suhbatni ikki tomonlama davom ettirdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Suhbat davomida menga kompaniya haqida, ularning maqsadi, qiladigan ishlari haqida aytib berdi. Mendan qanday loyihalarda qatnashmasligim, qanday shartnoma turini maqul ko&#8217;rishim, taxminiy kutayotgan oylik maoshimni so&#8217;rab oldi. Men &#8220;gambling&#8221;, &#8220;adult content&#8221;, &#8220;drug&#8221; ga aloqador loyihalarda qatnashmasligimni, B2B shartnoma turini tanlaganim va taxminiy kutayotgan oylik maoshimni aytdim.<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Siz outsourcing kompaniyaga ishga kirayotgan vaqt, o&#8217;z e&#8217;tiqod va qarashlaringizdan kelib chiqib, qanday loyihalarda qatnashmasligingizni aytib qo&#8217;yishingiz kerak.<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Odatda, HR interview&#8217;lar vaqti, sizdan &#8220;salary expectation&#8221; haqida so&#8217;rashadi. Internetdan, turli manbalardan o&#8217;zingizning darajangizdagi dasturchining o&#8217;rtacha oylik maoshi qandayligini bilib oling. Suhbatda, kompaniya budget&#8217;ini hisobga olib, o&#8217;sha summa atrofidagi biror narxni aytsangiz bo&#8217;ladi. Narx aytishda ehtiyot bo&#8217;ling. Kompaniya budget&#8217;i ko&#8217;tara olmaydigan darajada yuqori aytsangiz, sizni rad qilishadi, kam aytsangiz keyin o&#8217;zingiz afsus qilib yurasiz. O&#8217;rtasini topishga harakat qiling.<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Suhbat oxirida, mendan kompaniya haqida yoki ish haqida savollarim bo&#8217;lsa so&#8217;rashligimni aytdi. Mening &#8220;relocation&#8221; va kompaniyadagi ishlash muhiti haqida savollarim bor edi. Hammasiga javob berdi.<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Interview&#8217;lar vaqti, kompaniya haqida savollaringiz bo&#8217;lsa, managerdan so&#8217;rab oling.<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Besh ish kunidan so&#8217;ng, agar ma&#8217;qul deb topilsam, tech interview&#8217;ga taklif yuborishini va interview Rafal ismli senior frontendchi bilan bo&#8217;lishini aytdi. Bir yarim haftadan so&#8217;ng, tech interview uchun taklif keldi.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/telegra.ph\/file\/e2c9e92e803167e65b38d.png\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Men tech interview frontendchi bilan bo&#8217;lishini bilib xursand bo&#8217;lib ketdim. Sababi, katta ehtimol bilan, agar frontendchi interview qilsa, savollarning aksariyati JavaScript&#8217;dan bo&#8217;ladi deb gumon qildim.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shunga qaramasdan, o&#8217;tgan safargi xato takrorlanmasligi uchun, tech interview&#8217;gacha SOLID va design pattern&#8217;larni o&#8217;rganib chiqdim. Shu mavzularga doir savollarni topib, o&#8217;qib, o&#8217;zimga o&#8217;zim inglizchada gapirib mashq qildim.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">17-sentabr kuni tech interview bo&#8217;ldi. Kutganimdek, savollarning aksariyati men 2 yildan beri o&#8217;quvchilarga o&#8217;rgataverib yod bo&#8217;lib ketgan JavaScript&#8217;dan edi. Ularni esimda qolganicha yozib ketaman:<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li>Let, const, var&#8217;ning bir biridan farqi nimada?<\/li>\n\n\n\n<li>JavaScript single-thread&#8217;mi yoki multi-thread?<\/li>\n\n\n\n<li>JavaScript asinxron ishlaydimi yoki sinxron?<\/li>\n\n\n\n<li>Event Loop nima? U qanday ishlaydi?<\/li>\n\n\n\n<li>Callstack nima?<\/li>\n\n\n\n<li>Hoisting nima?<\/li>\n\n\n\n<li>Lexical Enviroinment nima?<\/li>\n\n\n\n<li>Prototypal inheritence nima?<\/li>\n\n\n\n<li>Prototypal inheritence va class&#8217;lar o&#8217;rtasida qanday farq bor?<\/li>\n\n\n\n<li>Promise nima maqsadda ishlatiladi?<\/li>\n\n\n\n<li>Promise va Async\/Await funksiyalardagi o&#8217;xshashlik nimada?<\/li>\n\n\n\n<li>Callback nima?<\/li>\n\n\n\n<li>LocalStorage, SessionStorage va Cookie&#8217;ning bir biridan farqi nima?<\/li>\n\n\n\n<li>Qanday turdagi design pattern&#8217;larni bilasan? Birortasi haqida aytib ber.<\/li>\n\n\n\n<li>ExpressJs ni bilasanmi? NodeJs&#8217;dagi http moduli va expressJs kutubxonasi o&#8217;rtasida qanday farq bor?<\/li>\n\n\n\n<li>ExpressJsdagi app.get metodining birinchi argumentiga nima kiritiladi?<\/li>\n\n\n\n<li>ExpressJs&#8217;dagi middleware function&#8217;larning &#8220;next&#8221; argumenti nima vazifani bajaradi?<\/li>\n\n\n\n<li>HTTP metodlari qaysilar va ularning vazifasi nima?<\/li>\n\n\n\n<li>TypeScript&#8217;dagi &#8220;type&#8221; alias va &#8220;interface&#8221; ning bir biridan farqi nima?<\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Savollarning hammasiga to&#8217;liq javob berdim. JavaScriptning single-thread yoki multi-thread ekanligi va uning sinxron yoki asinxron ishlashi haqidagi &#8220;ixtilofli&#8221; masalalarda ozgina tortishdik. Lekin men fikrimni isbotlab berdim. Design pattern&#8217;lar masalasida, bu safar Observer Pattern&#8217;ni yaxshilab o&#8217;rganib chiqqanligim uchun, u haqida juda ko&#8217;p gapirdim. NodeJsdagi modullar, DOM-event&#8217;lari shu pattern ustiga qurilganligini tushuntirdim. Javobimdan qoniqdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Interview yakunida, kelasi hafta javobni e&#8217;lon qilishlarini aytdi. Lekin kelasi haftagacha cho&#8217;zib o&#8217;tirmay, Daria menga LinkedIn&#8217;dan aloqaga chiqib, offer berdi va team&#8217;ga taklif qildi. Tamom.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/telegra.ph\/file\/eab128212bdf4a038283c.png\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yo&#8217;q hazillashdim. Hali tugamadi. Men orada Webbee&#8217;dan ham javob kutayotganligim uchun, offer&#8217;ni shu zahoti qabul qilmadim. Dushanbagacha muhlat oldim.<\/p>\n\n\n\n<h2 class=\"wp-block-heading\" id=\"Webbee-bilan-bo'lgan-jarayonlar\">Webbee bilan bo&#8217;lgan jarayonlar<\/h2>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Rus kanallarga yuborgan e&#8217;lonimdan so&#8217;ng, 14-sentabr kuni, menga Katya ismli recruiter aloqaga chiqdi va meni <a href=\"https:\/\/web-bee.org\/\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">web-bee.org<\/a> kompaniyasidagi NodeJs developer uchun joylangan vakansiyani ko&#8217;rsatib, shu pozitsiyaga taklif qildi. Lekin u yerda senior developer talab qilingan ekan. Shuning uchun senior emasligimni aytganimda, middle ham mos kelishini aytib, taklifida turdi.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/telegra.ph\/file\/28cd401851568cef8ab09.png\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Men qabul qildim. U menga telegram call orqali kompaniyani tanishtirdi. Men haqimda ba&#8217;zi savollar so&#8217;radi va mening kompaniya haqida savollarimga ham javob berdi. Keyin esa meni kompaniya saytida NodeJs developer uchun tayyorlab qo&#8217;yilgan taskni qilishimni so&#8217;radi.<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Webbee &#8211; Germaniyadagi Tobias Anhalt asos solgan start-up kompaniyalardan biri. Uning 3 ta yo&#8217;nalish bo&#8217;yicha muvaffaqqiyatga erishgan loyihalari mavjud. Hozirda kompaniya to&#8217;rtinchi loyihasini boshlayapti va shunga jamoa shakllantiryapti.<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Task ikki qismdan iborat edi. Birinchi qismda, taxminan 50 qatordan iborat ES5 da yozilgan JavaScript code&#8217;ni 15 daqiqa ichida ES6, ya&#8217;ni modern JS&#8217;ga o&#8217;girib yuborishim kerak edi. Bu task unchalik qiyin bo&#8217;lmadi. Yubordim.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ikkinchi qismda, menga NestJs&#8217;da yozilgan bir project berdi. Uning service faylida kommentariyada nima qilish kerak ekanligi yozilgan edi. 45 daqiqa ichida, 3 ta API route uchun database&#8217;dan ma&#8217;lumotni oladigan SQL query yozish kerak edi. 2 ta API uchun yozish muammo bo&#8217;lmadi. &#8220;Join&#8221; va &#8220;Subquery&#8221; bilan hal bo&#8217;ldi. Lekin uchunchi API uchun &#8220;WITH RECURSIVE&#8221; yordamida query yozish kerak edi. Rosa qiynaldim. To&#8217;liq yoza olmadim. Lekin taxminiy yechimni yozib yubordim.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ozgina vaqtdan keyin Katya task uchun menga 8\/10 ball berishganini aytdi va keyingi bosqichga o&#8217;tganim, endi kompaniya CEO&#8217;si <a href=\"https:\/\/www.linkedin.com\/in\/tobias-anhalt-88014b84\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">Tobias Anhult<\/a> bilan interview bo&#8217;lishini ma&#8217;lum qildi.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/telegra.ph\/file\/b7bc00ae5f41f7ed13aab.png\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Tobias bilan birinchi interview&#8217;ni o&#8217;tkazdik. U o&#8217;zi, kompaniyasi haqida gapirib berdi. Men haqimda qisqacha so&#8217;radi. Keyin esa oxirgi taskda qilgan ishlarimni tushuntirib berishimni so&#8217;radi. Men project&#8217;da yozgan SQL kodlarimni tushuntirdim, uchunchisini qila olmaganimni, chunki SQL da recursive code yozish qiyin ekanligini, vaqtim yetmay qolganini aytdim. Shunda mendan JavaScript&#8217;da buni qila olishimni so&#8217;raganida, &#8220;ha&#8221; deb javob berdim. Meni keyingi bosqichga o&#8217;tganligim, unda 24 soatlik project qilishimni aytdi. Project NestJs&#8217;da bo&#8217;lishini va qaysi kuni vaqtim bo&#8217;lishini so&#8217;radi. Men 19-sentabr, yakshanbani tanladim.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Suhbatni tugatiboq, Udemy&#8217;ga kirdimda, Stephen Grider&#8217;ning NestJs bo&#8217;yicha kursini sotib oldim. Shanba kuni ertalab soat 9.00 dan boshlab 21.00 gacha butun kursni ko&#8217;rib tugatdim. Keyin, kech soat 12.00 gacha Nestjs documentation o&#8217;qib yotdim. NestJs bo&#8217;yicha avval turli maqolalar o&#8217;qigan bo&#8217;lsamda, hali biror marta ham app yozib ko&#8217;rmagan edim. Bir kun ichida framework&#8217;ning basic arxitekturasini o&#8217;rganib chiqdim.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yakshanba kuni ertalab soat 10.00 da menga project instruksiyasini yubordi. Sartaroshxonalar uchun &#8220;online booking&#8221; va &#8220;event scheduling&#8221; qilish imkoniyati bor bo&#8217;lgan app yasash kerak. Loyiha NestJs, TypeOrm va SQLlite bilan qilinishi shart.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Loyihani boshladim. TypeOrm bilan ham, SQLlite bilan avval umuman ishlamaganim, NestJsni kechagina ko&#8217;rib chiqqanligim uchun, project&#8217;ni setup qilib olish juda qiyin bo&#8217;ldi. Setup uchun taxminan 3 soat vaqt sarfladim. Keyin esa yana 3-4 soat vaqtim API design va data-model&#8217;ni o&#8217;ylash bilan ketdi. Loyihani yaxshilab o&#8217;ylab, projectni setup qilib olganimdan keyingina real code yozishga kirishdim. Dam olish kunlari, bayramlar, tanaffuslarni hisobga olgan holda oraliq vaqt intervallarini generatsiya qiladigan funksiya algoritmini qilish ham juda qiyin bo&#8217;ldi. O&#8217;zi vaqt bilan ishlash ancha muammoli. TimeZone&#8217;larni inobatga olish kerak va hokazo.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Xullas, dushanba kuni ertalabgacha loyihani qiynalib bo&#8217;lsa ham aytilganidek bitirdim. Bir necha kun o&#8217;tib, Tobias bilan yana meeting qildik, men unga loyihani ishlatib ko&#8217;rsatib berdim, u &#8220;code review&#8221; qildi. Service&#8217;larda nima yozganligimni, Interceptor&#8217;lar, Guard&#8217;lar nima vazifa bajarayotganligini birma bir tushuntirib berishimni so&#8217;radi. Menimcha, kodni rostan o&#8217;zim yozganimga ishonch hosil qilmoqchi bo&#8217;lgan.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/telegra.ph\/file\/346b92f4e9aff0e8c4355.png\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Meeting oxirida, mening bor yo&#8217;g&#8217;i 2.5 yillik tajribam borligiga qaramay senior&#8217;lar uchun tayyorlangan topshiriqni qila olganimni ko&#8217;rib meni ozgina maqtadi. (U bu aslida to&#8217;liq ish tajribasi emas, dasturlashni o&#8217;rgangan vaqtim ham uning ichiga kirib ketishini hali bilmaydi). Lekin shunga qaramasdan loyihadagi bazi bug&#8217;larni aniqladi. Service&#8217;da composition style&#8217;dan foydalanishim kerak ekanligini, men ko&#8217;p joyda &#8220;linear&#8221; approach qilib ketganligimni aytdi. Hamma aytilgan feedback&#8217;lar, tavfsiyalarni va bug&#8217;larni yig&#8217;dik. Keyingi topshiriq sifatida shularni hammasini to&#8217;g&#8217;rilashimni, code refactoring qilishimni so&#8217;radi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Men shu kunni o&#8217;zida hammasini to&#8217;g&#8217;rilab, code refactoring qilib, loyihani qayta yubordim. Bu safar hammasi yaxshiligini, endi esa loyihaga unit va integration testlarni qo&#8217;shishimni so&#8217;radi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ancha kunlardan beri davom etayotgan jarayonlardan judayam toliqqan edim. Testing&#8217;ni bilmasdim. Avvaliga uni ham o&#8217;rganim chiqib implement qilmoqchi bo&#8217;ldim. Lekin boshim og&#8217;riyotganligi uchun, NestJs&#8217;da test yozish bo&#8217;yicha tajribasi bor bir tanishimdan, test yozib berishini so&#8217;radim. U ham bir kun deganda yozib berdi. Loyihani yana qayta yubordim. Lekin mobodo, testing&#8217;ni ham avvalgidek muhokama qilib birma-bir so&#8217;rab qolsa, o&#8217;zim yozmaganligimni aytmoqchi edim. So&#8217;ramadi. Testing&#8217;ga unchalik e&#8217;tibor bermadi. So&#8217;nggi interview uchun biror kunni tanlashimni so&#8217;radi.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/telegra.ph\/file\/2be8e1c35ecfbc8f8ebc4.png\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">24-sentabr kuni oxirgi interview bo&#8217;ldi. Bu juda uzoq davom etdi. Tobias bilan 1 soat, 45 daqiqa gaplashdik. U bu safar men haqimda ko&#8217;proq so&#8217;radi. Qayerda o&#8217;qiganim, qayerda ishlaganim, ish jarayonidagi voqealar, avvalgi hamkasblarim bilan munosabatim, Pokiza va Najottalimdagi ishlarim haqida ko&#8217;p savol berdi. Pokiza uchun qilgan CRM tizimimni iloji bo&#8217;lsa, kodini ochib ko&#8217;rsatishimni so&#8217;radi. Unga loyiha haqida gapirib berdim. Loyihaning data-modelini, GraphQL API design&#8217;ni, men yasagan custom permission system&#8217;ni muhokama qildik. Uni men yosh va ish tajribam kam bo&#8217;lishiga qaramay, qanday bunchalik katta loyihani bir o&#8217;zim bitirganim hayron qoldirdi. Meni o&#8217;zining yoshlik davrlaridagi Tobiasga o&#8217;xshatdi. Menda sabr, chidamlilik va &#8220;enthusiasm&#8221; ko&#8217;rayotganligini aytib maqtadi. U kompaniyasiga faqatgina senior dasturchilarni olishini, lekin bitta men uchun istisno qilmoqchiligini aytdi. Menga &#8220;strong middle&#8221; darajasini berdi va senior bo&#8217;lishim uchun, boshqa biror senior dasturchining &#8220;guidance&#8221;i kerak ekanligini ta&#8217;kidladi. Meeting tugagach menga offer yubordi.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/telegra.ph\/file\/4e306f1fb8975e10f9b08.png\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<h2 class=\"wp-block-heading\" id=\"Ikkala-kompaniya-haqida\">Ikkala kompaniya haqida<\/h2>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ikkala kompaniyalar ham yaxshi. O&#8217;z o&#8217;rniga ega, o&#8217;ziga to&#8217;q, rivojlanishga sharoit yaratib beradigan kompaniyalar.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Oylik<\/strong>. FireArt ancha o&#8217;ziga to&#8217;q kompaniya. Men aytgan oylik summani berishga rozi bo&#8217;ldi. Webbee unchalik katta kompaniya emas, lekin u FireArtdagidan ancha ko&#8217;proq maosh taklif qildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Relocation<\/strong>. FireArtda relocation qilish imkoni bor. Kompaniyaning bir necha davlatlarda filiali ham bor. Lekin relocation taklifini ulardan olish ancha qiyin jarayon ekan. U yerda ma&#8217;lum muddat ishlash shart, o&#8217;zingizni ko&#8217;satishingiz shart va oxirida manager bilan gaplashsangiz, sizni bir necha odam ichidan tanlab olishadi. Keyin, relocate qila olasiz. Webbee&#8217;da atigi 5 ta dasturchi ishlaganligi sababli, kompaniya ish boshlashingiz bilanoq, sizga Minskka relocation taklifini beradi. Nafaqat taklif beradi, bunga qattiq targ&#8217;ib ham qiladi. Kompaniyaning faqatgina Germaniya va Belarussiyada filiali bor. Webbee relocation paketi ichida quyidagilarni taklif qiladi:<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li>Siz va oilangiz(ayolingiz) safar xarajatlarini to&#8217;liq qoplash.<\/li>\n\n\n\n<li>Minskda ofisga yaqin joydan, siz va oilangiz(ayolingiz) uchun 3 oylik tekin kvartira.<\/li>\n\n\n\n<li>Barcha hujjat ishlarini kompaniya bo&#8217;yniga oladi.<\/li>\n\n\n\n<li>Barcha sug&#8217;urta shartnomalarini kompaniya bo&#8217;yniga oladi.<\/li>\n\n\n\n<li>Yangi M2 Macbook beriladi.<\/li>\n\n\n\n<li>Yordam tariqasida, bir martalik \u20ac1500 pul beriladi.<\/li>\n\n\n\n<li>Har oy oylikka qo&#8217;shimcha bonuslar qo&#8217;shib berish.<\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Xullas, shunaqa gaplar. Maqola kimgadir foydali bo&#8217;lgan bo&#8217;lsa juda ham xursandman.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Telegram: <a href=\"https:\/\/t.me\/donishmand23\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">https:\/\/t.me\/donishmand23<\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tajriba.<br \/>\nBu maqolada o&#8217;zim ishga topshirish jarayonini boshlaganimdan toki yuqoridagi ikki kompanidan ish uchun offer olgunimcha bo&#8217;lgan jarayonni, xususan, resume va portfolio tayyorlash, HR interview&#8217;lar, tech interview&#8217;lar haqida batafsil yozishga harakat qilaman. Ishga topshirishga ikkilanib yurgan yoki ish topishda qiynalayotganlarga foydali bo&#8217;ladi deb umid qilaman.<\/p>\n","protected":false},"author":7,"featured_media":4473,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_mi_skip_tracking":false,"footnotes":""},"categories":[101],"tags":[119,118],"class_list":["post-4152","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tajriba","tag-portfolio","tag-tajriba"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/4152","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/7"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=4152"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/4152\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4476,"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/4152\/revisions\/4476"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/4473"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=4152"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=4152"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=4152"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}