{"id":3750,"date":"2022-11-28T19:31:45","date_gmt":"2022-11-28T19:31:45","guid":{"rendered":"https:\/\/texnokun.uz\/?p=3750"},"modified":"2022-12-26T03:49:07","modified_gmt":"2022-12-26T03:49:07","slug":"yashirin-kameralarni-topishning-eng-ajoyib-usullari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/texnokun.uz\/?p=3750","title":{"rendered":"Yashirin kameralarni topishning eng ajoyib usullari."},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>Istalgan mehmonxona xonasida yoki ijaraga olingan kvartiralarda yashirin kamerani aniqlashning eng samarali usullari bilan tanishing!<\/em><\/p>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter size-large\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/i.imgur.com\/yUmMTQQ.jpg\" alt=\"\"\/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Oddiy odamlar uchun yo&#8217;naltiruvchi mikrofonlar, yashirin kameralar va boshqa kuzatuv uskunalari go\u2019yoki faqatgina ayg&#8217;oqchi filmlarda uchrashi mumkin bo\u2019lgan holatlardek tuyilishi mumkin. Ammo bugungi kameralar bilan qurshalgan Raqamli asrda bunday qurilmalarni deyarli hamma joyda topishingiz mumkin. Masalan, kichkinagina ijaraga olingan kvartiralardan tortib qimmat mehmonxona xonalarigacha, ofisdan sport zaligacha, hattoki o&#8217;z uyingizda ham sirli kuzatuv qurilmalarini uchratishingiz mumkin. Bu maqola orqali siz ularni qanday qilib topish mumkinligini bilib olasiz.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Mitti kamerachalar&nbsp;<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Kichik hajmdagi kameralar anchagina arzon bo\u2019ladi (masalan aynan hozirgi kunda ularni taxminan 4 dollarga sotib olishingiz mumkin) va ular ma&#8217;lumotlarni uzatish uchun oddiy Wi-Fi tarmog&#8217;iga ulanadi. Demak oramizdagi istalgan odam real hayotimizda ayg\u2019oqchi rolini o\u2019ynashi mumkin. Ammo ular nega bunday qilishadi?<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ba&#8217;zi hollarda ijaraga olingan kvartiralarning egalari o&#8217;g&#8217;irlik yoki mulkka zarar etkazilgan taqdirda ularni o&#8217;rnatadilar. Shuningdek, shubhali turmush o&#8217;rtoqlar va vijdonsiz raqiblar ham mitti kameralardan foydalishga sabab bo\u2019la oladi. Yana hazil qilishni yoqtiruvchi va ehtimol professional tovlamachilar ham ulardan foydalanishga ehtiyoj sezishi mumkin.&nbsp; Qisqa qilib aytganda, ko&#8217;plab odamlarning yashirin kameralardan foydalanishga anchagina yetarli sabablari mavjud.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Kundalik, shaxsiy hayotda kuzatuvga duch kelish ehtimoli qanchalik katta? Ayrim foydalanuvchilar orasida o\u2018tkazilgan so\u2018rov shuni ko\u2018rsatdiki, ishtirokchilarning 11 foizi ijaraga olingan turar joylarda yashirin kameraga duch kelgan. Bundan tashqari, bunday kameralarni topish har doim ham oson emas. Chunki ular juda kichik hajmda va yaxshilab yashirilgan bo\u2019lishi mumkin. Xo\u2019sh, demak ularni qanday fosh etish mumkin?<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Haqiqiy Mutaxassisni Yollash<\/strong><\/p>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter size-large\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/i.imgur.com\/DfzpqK9.jpg\" alt=\"\"\/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yashirin josuslik uskunasini topishning eng ishonchli usuli &#8211; bu qidiruvni professional uskunaga ega bo&#8217;lgan malakali shaxsga topshirishdir. Bugungi kunda deyarli har qanday shaharda bunday mutaxassislarni topishingiz mumkin. Ammo bu metodning ba\u2019zi yaxshi va biroz yomonroq jihatlari mavjud. Jumladan, foydali taraflariga&nbsp; samaradorlik, ishonchli natijalar va sizdan minimal shaxsiy harakatlarni aytishimiz mumkin. Qarama-qarshi tomonlariga esa qimmat narxni, o\u2019rtacha kutish vaqtini va yana ba\u2019zi sharoitga oid cheklovlarni sanashimiz mumkin. Biroq xulosa o\u2019rnida shuni aytishimiz mumkinki, siz qandaydir yangi joyga ko\u2019chmoqchi bo\u2019lsangiz xavfsizligingiz uchun maxsus mutaxassisni yollash sarflayotgan pul va vaqtingizga arziydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Maxsus Uskunalardan Foydalanish<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bugun kuzatuv kameralari bilan bir qatorda ularni aniqlashga yordam beradigan maxsus anjomlar ham yaratilgan. Siz yashirin kameralarni aniqlash uchun elektromagnit nurlanish detektorlari, optik detektorlar va boshqa jihozlarni sotib olishingiz va har bir xonani o&#8217;zingiz tekshirishingiz mumkin. Aniqlash radiusi bir necha metr bo&#8217;lgan eng arzonlari 3 dollardan boshlanadi biroq professional va kuchliroq bo&#8217;lganlari shubhasiz qimmatroq.<\/p>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter size-large\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/i.imgur.com\/2pMbFPp.jpg\" alt=\"\"\/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Aytgancha, eng oddiy optik detektorni qo&#8217;lda yig&#8217;ish mumkin. Sizga kerak bo&#8217;lgan yagona narsa bir nechta qizil LED va qizil yorug&#8217;lik filtri bo\u2019ladi. Nurni shubhali kamera joyiga yo&#8217;naltiring va filtrdan o&#8217;tkazing va shunda ko&#8217;rinadigan har qanday kamera linzalari yorqin nuqta sifatida namoyon bo&#8217;ladi. Shuni yodda tutish kerakki, bunday qurilmaning diapazoni o&#8217;n metrdan oshmaydi. Bu usulning ham bir qancha foydali va zararli jihatlari bor. Masalan, mustaqil ravishda o\u2019zingiz bajarishingiz, muntazam tekshiruvlar uchun imkoniyat bo\u2019lishi va DIY salohiyati ustun taraflar bo\u2019la oladi. Ammo kamchiliklariga esa qisqa diapazon, narxi va vaqt hamda malaka yetishmasligi bo\u2019lishi mumkin.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Biroq siz osonlikcha boshqa odamalarga ishona olmaydigan inson bo\u2019lsangiz bu usul aynan siz uchun.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Smartfondan Foydalanish<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu metod sizlar uchun biroz oson va qulay bo\u2019lishi mumkin. Ba&#8217;zan siz maxsus jihozlarsiz qilishni istasangiz, shunchaki smartfon kamerasi va chiroqni ishlatishingiz mumkin. Chiroqlarni o&#8217;chiring va pardalarni torting (xona qorong&#8217;i bo&#8217;lishi kerak). Chiroq hamda telefon kamerasini yoqing va ularni yashirin qurilma yashiringan bo&#8217;lishi mumkin bo&#8217;lgan joyga yo&#8217;naltiring. Agar shubhalaringiz to&#8217;g&#8217;ri bo&#8217;lsa, smartfon ekranida chaqnash paydo bo&#8217;ladi. Agar siz telefon kamerasi va chiroqni bir vaqtda ishlata olmasangiz, alohida chiroqdan foydalaning. Ba&#8217;zi hollarda siz hatto chiroqsiz ham qilishingiz mumkin bo\u2019ladi. Ko&#8217;pgina josuslik kameralari qorong&#8217;uda suratga olish uchun infraqizil yorug&#8217;likdan foydalanadi. U inson ko&#8217;ziga ko&#8217;rinmaydi, lekin smartfon kamerasiga ko&#8217;rinadi. Qorong&#8217;ida suratga olayotganingizda infraqizil yorug&#8217;lik manbai ekranda pulsli nuqta sifatida paydo bo&#8217;ladi.<\/p>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter size-large\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/i.imgur.com\/cILOCLc.jpg\" alt=\"\"\/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yodda tutingki, smartfoningizning asosiy kamerasi bu ishni bajara olmasligi mumkin, chunki u IR yorug&#8217;lik filtriga ega bo&#8217;lishi mumkin, shuning uchun old kameradan foydalaning. Smartfoningiz bunday tajriba uchun uchun mos yoki mos emasligini bilishingiz uchun televizor pulti bilan ham tajriba o&#8217;tkazishingiz mumkin. Ammo bu usul ham yaxshi va yomon jihatlarni o\u2019z ichiga oladi. Ya\u2019ni, uning shunchaki erkin, hech qanday maxsus jihoz va tajribasiz qilina olishi foydali tomoni bo\u2019lsa, istalgan telefon modeli mos kelmasligi va ortiqcha vaqtingizni olishi smarasiz tarafi hisoblanadi. Shunday qilib bu metod doim ham 100 foiz samarali emas, biroq hech narsa qilmagandan ancha yaxshi. Shunday emasmi?<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Maxsus Ilovaga Ishonish<\/strong><\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/i.imgur.com\/qydEHxA.jpg\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu oxirgi usul. Ayg&#8217;oqchi kameralar va boshqa yashirin qurilmalarni izlab topish uchun mobil ilovalar ikki toifaga ajratiladi. Birinchi guruh qurilmalarni yuqorida tavsiflangan usulda bo&#8217;lgani kabi linzalarning porlashi orqali topadi. Masalan, chiroq nuri linzaga tushganda chaqnash (yoki porlashni) aniqlaydigan <em>Glint Finder<\/em>. Ikkinchi guruh ilovalari simsiz josuslik qurilmalarini qidirish uchun mo&#8217;ljallangan. Ularning ishlashi uchun siz mahalliy Wi-Fi tarmog&#8217;iga ulanishingiz kerak bo\u2019ladi. Routerni skanerdan o&#8217;tkazgandan so&#8217;ng, ilova ulangan qurilmalar ro&#8217;yxatini ko&#8217;rsatadi. Smartfon va kompyuter kabi o&#8217;zingiz to&#8217;liq ishonchingiz komil bo&#8217;lmagan narsalarni tekshiring. Maxsus vosita zararsiz uskunani kuzatuv qurilmalaridan ajratishga yordam beradi. Bu metodning xususiyatlariga keladigan bo\u2019lsak. Yetarli darajada samarali bo\u2019lish, kam xarajatlar va qo\u2019shimcha uskunalar bo\u2019lmasligi ko\u2019pchilikka ma\u2019qul bo\u2019ladi, biroq u ko&#8217;p tarmoqli ulangan qurilmalarga ega smart uylar uchun mos emasligi esa foydalanuvchilarni biroz o\u2019ylantiradi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Agar siz sayohat qilishni juda yoqtirsangiz, ammo sizda ishonchli mutaxassis yoki uskunalarni topish imkoni bo\u2019lmasa, bu usul ehtimol siz uchun eng yaxshi yo\u2019ldir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Agar josuslik qurilmasini aniqlasangiz nima qilish kerak?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Agarda siz kamera yoki boshqa kuzatuv moslamasiga o&#8217;xshash narsani topsangiz, uni suratga oling va u nima ekanligini aniqlash uchun Google orqali tasvirni qidiring. Chunki ba\u2019zi paytlarda shubhangiz noo\u2019rin bo\u2019lishi mumkin. Ammo qo&#8217;rquvingiz tasdiqlansa, politsiya, mehmonxona ma&#8217;muriyati yoki siz foydalangan maxsus agentlikka murojaat qilishingiz kerak.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Foydalanilgan manba: <\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><a href=\"https:\/\/www.kaspersky.com\/blog\/how-to-find-spy-cameras\/43199\/\">How to detect hidden video cameras | Kaspersky official blog<\/a><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Oddiy odamlar uchun yo&#8217;naltiruvchi mikrofonlar, yashirin kameralar va boshqa kuzatuv uskunalari go\u2019yoki faqatgina ayg&#8217;oqchi filmlarda uchrashi mumkin bo\u2019lgan holatlardek tuyilishi mumkin. Ammo bugungi kameralar bilan qurshalgan Raqamli asrda bunday qurilmalarni deyarli hamma joyda topishingiz mumkin. <\/p>\n<p>#Texnologiya<\/p>\n","protected":false},"author":6,"featured_media":3876,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_mi_skip_tracking":false,"footnotes":""},"categories":[23],"tags":[12],"class_list":["post-3750","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-technology","tag-maslahatlar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/3750","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/6"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=3750"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/3750\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4273,"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/3750\/revisions\/4273"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/3876"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=3750"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=3750"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=3750"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}