{"id":3736,"date":"2022-11-21T19:41:13","date_gmt":"2022-11-21T19:41:13","guid":{"rendered":"https:\/\/texnokun.uz\/?p=3736"},"modified":"2022-11-21T19:44:32","modified_gmt":"2022-11-21T19:44:32","slug":"2022-yildagi-shaxsiy-kompyuterlar-va-mac-uchun-eng-mukammal-android-emulyatorlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/texnokun.uz\/?p=3736","title":{"rendered":"2022-yildagi shaxsiy kompyuterlar va Mac uchun eng mukammal Android emulyatorlar"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>Android ilovalari va dasturlarni kompyuteringizdan turib yanada qulay boshqarishga muvaffaq bo\u2019ling!<\/em><\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/i.imgur.com\/LLm0ES5.jpg\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bugungi texnologiyalar asrida Android emulyatorlari hayratlanarli darajada mashhurlikka erishgan. Kompyuteringiz orqali mobil dasturlardan foydalanish juda ko&#8217;p afzallik va qulayliklarga ega bo\u2019lib bormoqda. Boshqarish uchun sichqoncha va klaviaturadan bemalol foydalanishingiz va telefoningiz batareyasini ko\u2019p yo\u2019qotmasdan ilovalaringizda bemalol ishlashingiz ham mumkin. Ko\u2019pchilik uddaburon odamlar mobil ilovalardan aynan xuddi shu sababdan foydalanishyapti. Hozirda &nbsp;kompyuter va Mac uchun eng yaxshi Android emulyatorlarini juda ko\u2019p va quyida siz ularning ba\u2019zilari bilan tanishish imkoniga ega bo\u2019lasiz. Ammo ularning ayni vaqtdagi ro\u2019yxati avvalgi paytlardagidan biroz qisqaroq. Buning sababi esa ko&#8217;pgina yirik raqobatchilarning biznesdan chiqib ketishganidadir. <\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Kompyuter va Mac uchun eng yaxshi Android emulyatorlar<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\"><li><a rel=\"noreferrer noopener\" href=\"https:\/\/andauth.co\/BlueStacks\" target=\"_blank\">BlueStacks<\/a><\/li><li>MeMU Play<\/li><li><a href=\"https:\/\/www.androidauthority.com\/best-android-emulators-for-pc-655308\/#2\">Android Studio<\/a><\/li><li><a href=\"https:\/\/www.androidauthority.com\/best-android-emulators-for-pc-655308\/#3\">ARChon<\/a><\/li><li><a href=\"https:\/\/www.androidauthority.com\/best-android-emulators-for-pc-655308\/#4\">Bliss OS<\/a> va yana boshqalar.<\/li><\/ul>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Nega odamlar emulyatordan foydalanadilar?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu savolning javobi juda oddiy. Android emulyatoridan odatda asosiy uchta sababga ko\u2019ra foydalanishadi. <strong>Ulardan birinchisi<\/strong> &#8211; Kompyuterdagi mobil ilovalardan foydalanganingizda siz kattaroq ekrandan foydalanasiz va undagi narsalarni osonroq ko\u02bbrish imkoniga ega bo\u2019lasiz. Bundan tashqari, sichqoncha va klaviaturadan foydalanish ko&#8217;p narsani biroz bo\u2019lsa ham osonlashtiradi. Shuningdek sizning kompyuteringiz odatda elektr tarmog\u2018iga bog\u2019langan bo\u2019ladi va sizga turli xil ilovalardan foydalanayotganingizda cheksiz batareya quvvatini taqdim etadi, holbuki telefoningiz elektr tarmog\u2018iga ulangan holda Internet orqali ishlovchi dastur va ilovalarda ishlaganingizda qizib ketishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Ikkinchi<\/strong> eng ko\u2019p uchraydigan foydalanish holatlari bu &#8211; ilovalarni rivojlantirishdir. Rivojlanishga yo&#8217;naltirilgan emulyatorlar odatda IDEni emulyator bilan birlashtiradi, shunda ishlab chiqaruvchilar o&#8217;z ilovalarini kodlashlari, uni emulyatorda ishga tushirishlari va kerak bo&#8217;lganda esa yuz berishi mumkin bo\u2019lgan xatolarni tuzatishlari mumkin. <strong>Android Studio<\/strong> bu yerda barcha raqobatchilarni yengib chiqishi shubhasiz. U Android Virtual Device (AVD) vazifasidan foydalanadi va bu esa ishlab chiqaruvchilarga muayyan qurilmalarni emulyatsiya qilish imkonini beradi. Bu holat ishlab chiqaruvchilarga ishga tushirishdan oldin keng ko&#8217;lamli qurilmalarda test o&#8217;tkazishga yordam beradi va kamroq xatolar bo\u2019lishiga ko\u2019mak beradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Oxirgi uchinchi<\/strong> foydalanish &#8211; mahsuldorlikdir. Bu kamroq tarqalgan shakl hisoblanadi, chunki ko&#8217;pchilik mobil mahsuldorlik vositalari allaqachon kompyuter yoki Macda mavjud. Bundan tashqari, Chromebooklar emulyatorlarga qaraganda arzonroq va Android ilovalarini ishga tushirishda ancha yaxshiroq. Shuningdek ba&#8217;zi mobil ilovalardan foydalanish ularini shaxsiy kompyuterlarda foydalanishga &nbsp;qaraganda biroz osonroq.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>BlueStacks<\/strong><\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/i.imgur.com\/eJpDGfm.jpg\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>BlueStacks<\/strong> ko&#8217;plab foydalanuvchilar tomonidan bozordagi eng keng qamrovli Android ilovasi sifatida tanilgan va albatta, buning sababi mavjud. Windows va Macda ishlashdan tashqari, ushbu emulyator o\u2019yinchining tajribasini yaxshilash uchun ko&#8217;plab jihatlarni o\u2019z ichiga oladi. Uning eng ommabop xususiyatlariga moslashtirilgan maxsus boshqaruv sxemalarini yaratish uchun <em>Keymapping Tool<\/em>, emulyatorning bir nechta nusxalarini yaratish va bir vaqtning o&#8217;zida bir nechta o&#8217;yinlarni ishlatishingizga yordam berishi mumkin bo&#8217;lgan <em>Instance Manager<\/em> va resurslar sarfini kamaytirishga yordam beradigan <em>Eco Mode<\/em> kabi &nbsp;sifatni ancha yaxshilovchi xususiyatlari kiradi. <\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shuningdek ular &nbsp;GDPR muvofiqligi bilan sertifikatlangan eng xavfsiz emulyator hisoblanib, ma\u02bclumotlaringiz ular bilan doimo xavfsiz bo\u2019ladi. Eng so&#8217;nggi dastur sanaladigan <strong>BlueStacks 5<\/strong> emulyatorning eng yengil va eng tezkor turi bo&#8217;lib, hatto past darajadagi qurilmalarda ham yuqori unumdorlikdagi dasturlarni taqdim etishi mumkin. <\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>MeMU Play<\/strong><\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/i.imgur.com\/92rTinX.png\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>MeMU Play<\/strong> &#8211; bu ro&#8217;yxatdagi unchalik ham yangi bo\u2019lmagan eski emulyatorlardan biri hisoblanadi. Biroq shu yillar davomida jadal rivojlanish uni dolzarbligini saqlab qolishiga sabab bo\u2019ldi va bu siz foydalanishingiz mumkin bo\u2019lgan eng yaxshi Android emulyatorlaridan biridir. Sozlamalar menyusiga ko\u2019ra Android 7.1.2 operatsion tizimida ishlaydi, shuning uchun ham u Androidning nisbatan yangi versiyasidir. O&#8217;rnatish ancha tez va muammosizligi MeMU Playning afzalliklaridan biri hisoblanadi. <\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Android Studio<\/strong><\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/i.imgur.com\/McTAQzW.png\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Android Studio<\/strong> ilova ishlab chiqaruvchilari uchun eng yaxshi variant bo\u2019la oladi. Texnik jihatdan Android Studio bu IDE hisoblanadi. U Android Virtual Device vazifasi orqali emulyator bilan birga bo\u2019ladi. Siz odatda o&#8217;zingiz xohlagan har qanday qurilmani yaratishingiz va undan ilovangizni sinab ko&#8217;rish uchun foydalanishingiz mumkin. Oddiy odamlar ham bundan emulyatorlardan samarali foydalanishlari mumkin va uni sozlab olgandan keyin foydalanish unumdorligi deyarli yomon bo&#8217;lmaydi. <\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Avvaliga sozlash biroz murakkab bo\u2019ladi va hamma narsani ishlatish bir yoki ikki hafta o&#8217;rganishni talab qilishi ham mumkin. Biroq, undan keyin bu mustahkam ishonchli jarayon bo&#8217;lib, ko&#8217;plab ishlab chiqaruvchilar undan har kuni foydalanadigan ilovalarni yaratish uchun foydalanishlari mumkin bo\u2019ladi. Bu shuningdek Androidning so&#8217;nggi turlarini ishga tushirishga qodir bo&#8217;lgan kam sonli emulyatorlardan biri hisoblanadi. U Play Store bilan birga keladi, lekin undan foydalanish uchun siz Play Store belgisi bilan AVD yaratishingiz kerak bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>ARChon<\/strong><\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/i.imgur.com\/IWYgusJ.png\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>ARChon<\/strong> &#8211; bu Google Chrome brauzeri bilan birgalikda ishlaydigan qattiq psevdo-emulyator. Shubhasiz, bu ARChondan foydalanish uchun sizga Google Chrome kerak degan ma&#8217;noni bildiradi. ARChonni o&#8217;rnatish jarayoni asosan Chrome brauzerida ishlab chiquvchi sozlamalari yoqilgan kengaytmani o&#8217;rnatishdan iborat bo\u2019ladi, ammo ilovalarni ishga tushirish biroz murakkabroq jarayon. Bunda foydalanish uchun APKlarni o\u2019zgartirish uchun vositadan foydalanishingiz kerak. ARChonning yaxshi tomoni shundaki, u Google Chrome bilan har qanday operatsion tizimda, shu jumladan Linuxda ham ishlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Bliss OS<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Bliss OS<\/strong> ushbu ro&#8217;yxatda birinchi marta paydo bo&#8217;lganidan buyon ancha uzoq yo&#8217;lni bosib o&#8217;tgan. U eng yaxshi emulyatorlardan biri hisoblanadi. Uni ishlatishning uch xil usuli mavjud. Birinchisi, flesh-diskdan yuklash uchun jonli yuklash turi bo\u2019lib, ikkinchisi, siz uni shaxsiy kompyuteringizga bo&#8217;lim sifatida o&#8217;rnatishingiz va to&#8217;g&#8217;ridan-to&#8217;g&#8217;ri Bliss OSga yuklashingiz mumkin. Suningdek uni virtual mashina orqali ham o&#8217;rnatishingiz mumkin. <\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Blissning bir nechta foydali jihatlari mavjud, masalan, u ro\u02bbyxatdagi ko\u02bbpgina emulyatorlarga qaraganda yangiroq sanaladi. Bu sizga eng so&#8217;nggi formatdagi ilovalarning barchasini bo&#8217;lmasa ham, ko&#8217;pchiligidan foydalanishga imkon beradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Boshqacha qilib aytganda, agar siz bu dasturni o&#8217;rnatgan bo\u2019lsangiz, Bliss juda ko&#8217;p qirrali variant ekanligiga amin bo\u2019lasiz. U ko\u2019p hollarda yaxshi ishlaydi, lekin ba\u2019zan kichik nuqsonlar bo\u2019lishi mumkin. U holda unda yetishmayotgan yagona narsa &#8211; bu Nox, Bluestacks va boshqalar kabi raqobatchilarning foydalanuvchilarga yo&#8217;naltirilgan xususiyatlari bo\u2019ladi, ammo bu unchalik katta muammo emas. Agar xohlasangiz, u ixtiyoriy ravishda Google ilovalari bilan birga kelishi mumkin. Bliss bepul va ochiq manbadir va bu ko\u2019pchilik foydalanuvchilarga juda yoqadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Foydalanilgan manba: <\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><a href=\"https:\/\/www.androidauthority.com\/best-android-emulators-for-pc-655308\/\">https:\/\/www.androidauthority.com\/best-android-emulators-for-pc-655308\/<\/a><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Android ilovalari va dasturlarni kompyuteringizdan turib yanada qulay boshqarishga muvaffaq bo\u2019ling!<br \/>\n<!-- wp:list --><\/p>\n<ul>\n<li><a rel=\"noreferrer noopener\" href=\"https:\/\/andauth.co\/BlueStacks\" target=\"_blank\">BlueStacks<\/a><\/li>\n<li>MeMU Play<\/li>\n<li><a href=\"https:\/\/www.androidauthority.com\/best-android-emulators-for-pc-655308\/#2\">Android Studio<\/a><\/li>\n<li><a href=\"https:\/\/www.androidauthority.com\/best-android-emulators-for-pc-655308\/#3\">ARChon<\/a><\/li>\n<li><a href=\"https:\/\/www.androidauthority.com\/best-android-emulators-for-pc-655308\/#4\">Bliss OS<\/a> va yana boshqalar.<\/li>\n<\/ul>\n<p><!-- \/wp:list --><\/p>\n<p><!-- wp:paragraph --><\/p>\n<p><!-- \/wp:paragraph --><\/p>\n","protected":false},"author":6,"featured_media":3758,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_mi_skip_tracking":false,"footnotes":""},"categories":[23],"tags":[6,78],"class_list":["post-3736","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-technology","tag-android","tag-emulator"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/3736","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/6"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=3736"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/3736\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3760,"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/3736\/revisions\/3760"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/3758"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=3736"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=3736"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=3736"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}