{"id":3554,"date":"2022-11-01T20:32:13","date_gmt":"2022-11-01T20:32:13","guid":{"rendered":"https:\/\/texnokun.uz\/?p=3554"},"modified":"2022-11-10T20:00:08","modified_gmt":"2022-11-10T20:00:08","slug":"loyiha-boshqaruvida-eng-samarali-metodologiya-scrum-nima-va-undan-qanday-foydalanish-kerak","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/texnokun.uz\/?p=3554","title":{"rendered":"Loyiha boshqaruvida eng samarali metodologiya \u2013 Scrum nima va undan qanday foydalanish kerak?"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Jamoangiz safi kengayotganda ilk navbatda strukturani yo\u2019lga qo\u2019yish, vazifalarni tizimlashtirishga ehtiyoj paydo bo\u2019ladi. Bunday paytda loyihalar boshqaruvida qo\u2019llaniladigan dastur va metodlarni qaysi birini tanlashni bilmay boshingiz qotishi aniq. Scrum esa, aynan siz izlagan yechim hisoblanadi. Quyida mazkur metodologiya, aniqroq qilib aytganda, loyiha boshqaruvi uslubi haqida so\u2019z yuritamiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ish jarayonini optimallashtirish uchun ko\u2019p ishlatiladigan Scrum \u2013 bu Agile metodologiyasining bir ko\u2019rinishi. Metodologiya mazmuni shundan iboratki, vazifalar bir haftadan bir oygacha davom etishi mumkin bo&#8217;lgan vaqt davrlari (sprintlar)ga taqsimlanadi. Bunda katta loyiha bir nechta kichik vazifalarga bo&#8217;linadi. Jamoa belgilangan sprint (muddat) davomida o&#8217;z oldiga qo&#8217;ygan barcha topshiriqlarni bajarish majburiyatini oladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Scrum jamoani hamjihatlikda ishlashiga yordam beradi. Scrum bu freymvork hisoblansada, ko\u2019pchilik uni agile bilan adashtirishadi. Aslida agile kabi tuzilgan va uning bir turlaridan biri hisoblangan scrum ham doimiy takomillashib borish metodiga asoslanadi. Agile \u2013 fikrlashning bir ko\u2019rinishi, scrum esa, vazifani bajarish asosi demakdir. Bir kishi loyihani istalgan ko\u2019rinishga keltira olmaydi, biroq butun jamoa ishini tizimlashtirish orqali bunga erishish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Demak, scrum tajriba to\u2019plash asosida loyihani mukammal ko\u2019rinishga keltirishni anglatadi:<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\"><li>Jamoa yetarli tajribaga ega emas, yoki loyihani batafsil tushunmaydi;<\/li><li>Loyiha bosqichma-bosqich \u201cyasaladi\u201d;<\/li><li>Jamoa mazkur bosqichlar davomida tajriba oshirib boradi;<\/li><li>Mijoz istaklari loyiha davomida o\u2019rganiladi, xatolar to\u2019g\u2019rilanib boriladi;<\/li><li>Vazifalar priotet bo\u2019yicha muddatlarda (sprint) taqsimlanib\/bajarilib boradi;<\/li><\/ul>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Misol uchun, bu jamoaga taqsimlangan haftalik, 15 kunlik yoki oylik sprintlar bo\u2019lishi mumkin. Sprint qancha qisqa bo\u2019lsa, u shuncha tez yakunlanishi va mijozlardan tezkor fikr-mulohazalarni olish hamda keyingi sprintda mijozning ehtiyojlariga moslashish imkonini beradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Aytaylik, haftalik sprintda har hafta siz yangi sprint uchun vazifalarni rejalashtirishingiz, ustida ishlash kerak bo\u2019lgan \u201cficha\u201dlarni (yoki \u201cbug\u201dlani) aniqlash va bir hafta ichida mijozga natijani ko&#8217;rsatib borish imkoniyatini berasiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Scrum\u2019ning klassik ko\u2019rinishida Product Owner va Scrum Master nomli rollar mavjud. Buyurtmali ishlab chiqishda, ko&#8217;pincha mijozning o\u2019zi Product Owner rolini bajaradi (agar kerak bo&#8217;lsa, biz o&#8217;z Product Manager\u2019larimizni jalb qilish mumkin. Loyiha menejeri esa Scrum Master rolini bajaradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bozorga yangi mahsulotlarni olib chiqish bo&#8217;yicha ko&#8217;pgina loyihalar uchun aynan Scrum metodi qo\u2019l keladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Metodologiyaga ko\u02bbra, har bir vazifaning o\u02bbziga xos \u201cnarxi\u201d bor. Bu narx har bir vazifaning murakkabligini aks ettiradi. Vazifalarni baholash bir xodimning yoki umuman, bo\u02bblimning ish faoliyatini o\u02bblchashga yordam beradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Aytaylik, bitta xodim ikkita maqola yozgan, ikkinchisi esa videoni suratga olgan va montaj qilgan. Kimning ishi samaraliroq? Yoki aksincha, bularning barchasini bitta odam qila oladimi?<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bunda har bir ishchining ishlashini jadvalga yozish va o\u02bbrtacha qiymatlarni ko\u02bbrsatish kerak. Bir-ikki oylik tahlildan so\u02bbng har bir xodimning ishlay olish qobiliyati aniq tushunib olinadi. Har bir jamoa a\u02bczosi kuniga, haftasiga, oyiga qancha vazifani bajarishi mumkinligi aniq bo\u02bbladi. Ushbu ma\u02bclumotlarga asoslanib, rejalar tuzish ancha osonlashadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Qolaversa, har bir xodimning ish faoliyatini kuzatishga yordam beradi. Misol uchun, agar o\u02bbrtacha qiymatlar pasayishni boshlagan bo\u02bblsa, unda buning sabablarni topish kerak. Ehtimol, xodimingizda qandaydir muammolar yuzaga kelayotgan yoki u shunchaki ta\u02bctilga chiqishi kerak bo\u02bblgan bo\u02bblishi mumkin. Bu yerda asosiy e\u2019tibor talab qiladigan narsa taqqoslashdir \u2013 mazkur xodimning prioritetlarga berayotgan kuchi va vazifa sifati.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shuningdek, scrum vazifalarni tartibga solish uchun ham yordam beradi. Birinchi navbatda, vazifalarning ustuvor yo\u02bbnalishlarini belgilab olish kerak: \u201cUncha muhim emas\u201d, \u201cO\u02bbrtacha muhim\u201d va \u201cJuda muhim\u201d. Bu birinchi navbatda nima muhimligini tushunishni ancha osonlashtiradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Albatta, kundalik yig\u02bbilishlar ishni malakali tashkil etishga yordam beradi. Har kuni ertalab jamoa yig\u02bbiladi, hamma kecha nima qilganini, bugun nima qilishini va qanday qiyinchiliklarga duch kelganini aytadi. Demak, bo\u02bblimdagi har bir kishi loyiha ustidagi ishlar qanday ketayotganidan xabardor bo\u02bbladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shunday qilib, scrum Agile metodologiyasining bir ko\u2019rinishi hisoblanadi. Bu turdagi metodologiyalar aslida ko\u2019p. Misol uchun, ilgari barcha loyihalar yagona Waterfall metodologiyasi bo&#8217;yicha amalga oshirilgan. Waterfall uslubi 1970-yildan beri ma&#8217;lum bo&#8217;lib, uni Uinston Uoker Roys ixtiro qilgan. Keyinchalik, Scrum va Kanban nomli moslashuvchan (Agile) yondashuvlari paydo bo&#8217;ldi. Scrum metodologiyasi, sprintlani taqsimlash va boshqa funksiyalar haqida batafsil keyingi maqolalarimizda tanishib chiqamiz.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jamoangiz safi kengayotganda ilk navbatda strukturani yo\u2019lga qo\u2019yish, vazifalarni tizimlashtirishga ehtiyoj paydo bo\u2019ladi. Bunday paytda loyihalar boshqaruvida qo\u2019llaniladigan dastur va metodlarni qaysi birini tanlashni bilmay boshingiz qotishi aniq. Scrum esa, aynan siz izlagan yechim hisoblanadi. Quyida mazkur metodologiya, aniqroq qilib&#8230; <\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3556,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_mi_skip_tracking":false,"footnotes":""},"categories":[15],"tags":[59,66],"class_list":["post-3554","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-menejment","tag-biznes","tag-scrum"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/3554","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=3554"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/3554\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3555,"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/3554\/revisions\/3555"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/3556"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=3554"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=3554"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=3554"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}