{"id":3522,"date":"2022-11-01T17:11:01","date_gmt":"2022-11-01T17:11:01","guid":{"rendered":"https:\/\/texnokun.uz\/?p=3522"},"modified":"2023-02-13T08:42:17","modified_gmt":"2023-02-13T08:42:17","slug":"yuzni-tanib-olish-texnologiyasi-afzallik-va-kamchiliklari-ozingizni-qanday-himoya-qilishingiz-kerak","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/texnokun.uz\/?p=3522","title":{"rendered":"Yuzni tanib olish texnologiyasi: afzallik va kamchiliklari. O\u2018zingizni qanday himoya qilishingiz kerak?"},"content":{"rendered":"<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter size-full\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"628\" height=\"784\" src=\"https:\/\/texnokun.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/photo_5276357831714522694_x.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-5601\" srcset=\"https:\/\/texnokun.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/photo_5276357831714522694_x.jpg 628w, https:\/\/texnokun.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/02\/photo_5276357831714522694_x-240x300.jpg 240w\" sizes=\"auto, (max-width: 628px) 100vw, 628px\" \/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Har bir texnologiyaning ham o\u2018ziga yarasha afzallik va kamchilik taraflari mavjud. Quyida biometrik texnologiyalardan biri &#8211; \u201cYuzni tanib olish tizimi\u201d ning o\u2018ziga xos afzallik va kamchiliklari to\u2018g\u2018risida gaplashamiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Yuzni tanib olishning afzalliklari<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yuzni tanish tizimi smartfon qulfini ochishdan tashqari, boshqa bir qancha afzalliklarga ham ega:<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li><strong>Xavfsizlikni oshirish.<\/strong> Hukumat darajasida yuzni tanish terrorchilar yoki boshqa jinoyatchilarni aniqlashga yordam beradi. Shaxsiy darajada esa, smartfon qurilmalarini qulflash va kuzatuv kameralari uchun xavfsizlik vositasi sifatida ishlatilishi mumkin.<\/li>\n\n\n\n<li><strong>Jinoyatlarni kamaytirish.<\/strong> Yuzni tanib olish o\u2018g\u2018rilar va huquqbuzarlarni izlashni osonlashtiradi. Yuzni tanib olish tizimi ayniqsa, kichik jinoyatlarni&nbsp; oldini olishga yordam beradi. Bundan tashqari ushbu texnologiyadan jismoniy xavfsizlikdan tashqari, kiberxavfsizlikda ham keng qo\u2018llaniladi. Kompaniyalar kompyuterlarga kirish uchun parollar o\u2018rniga yuzni aniqlash texnologiyasidan foydalanishlari mumkin. Nazariy jihatdan, yuzni tanish tizimini buzib bo\u2018lmaydi, chunki unda parol bilan bo\u2018lgani kabi o\u2018g\u2018irlash yoki o\u2018zgartirish uchun hech narsa yo\u2018q.<\/li>\n\n\n\n<li><strong>Qidiruv tizimini yaxshilash.<\/strong> Jamoatchilik orasida gumonlanuvchilarni qidirish politsiyachilar uchun bir muncha qiyin jarayondir. Yuzni tanish texnologiyasi esa, jarayonni yaxshilashi mumkin. Olomon orasida gumonlanuvchilarni insonlar emas, balki avtomatlashtirilgan tizim bilan izlash orqali yuzni aniqlash texnologiyasi potensial qarama-qarshilikni kamaytirishga va qonunga bo\u2018ysunuvchi fuqarolarga nisbatan tushunmovchiliklarni kamaytirishga yordam beradi.<\/li>\n\n\n\n<li><strong>Kattaroq qulaylik yaratish.<\/strong> Texnologiya keng tarqalib borar ekan, mijozlar do\u2018konlarda xarid uchun kredit kartalari yoki naqd pullardan emas, balki&nbsp; yuzlaridan foydalangan holda to\u2018lashlari mumkin. Bu orqali do\u2018konlardagi kassalarda vaqtni tejash imkonini beradi.&nbsp; Barmoq izlari yoki boshqa xavfsizlik choralari kabi yuzni tanib olish uchun kontakt talab qilinmagani uchun yuzni tanish bizga tez, avtomatik va muammosiz tekshirish tajribasini taqdim etadi.<\/li>\n\n\n\n<li><strong>Tezroq ishlash.<\/strong> Yuzni tanib olish jarayoni atigi bir soniya davom etadi, bu esa yuzni tanishdan foydalanadigan kompaniyalar uchun foydalidir. Kiberhujumlar va ilg\u2018or xakerlik vositalari davrida kompaniyalar xavfsiz va tezkor texnologiyalarga muhtoj. Yuzni tanib olish insonning shaxsini tez va samarali tekshirish imkonini yaratadi.<\/li>\n\n\n\n<li><strong>Boshqa texnologiyalar bilan integratsiya (birlashish). <\/strong>Yuzni aniqlash tizimlarining aksariyati ko\u2018pgina xavfsizlik dasturlariga mos keladi. Ya\u02bcni, u muammosiz integratsiyalashadi. Bu esa qo\u2018shimcha xarajatlar miqdorini kamaytiradi.<\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Yuzni tanib olishning kamchiliklari<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ba\u02bczi odamlar jamoat joylarida suratga olinishga va yuzni tanib olish texnologiyasidan foydalanishga qarshi emaslar. Albatta bu aniq foyda yoki asos mavjud bo\u2018lgan holatlarda. Ammo ushbu&nbsp; texnologiya ba\u02bczi insonlarda zo\u2018ravonlik reaksiyasini keltirib chiqarishi mumkin. Yuzni tanib olishning ba\u02bczi kamchiliklari va muammolari quyidagilarni o\u2018z ichiga oladi:<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li><strong>Nazorat. <\/strong>Ba\u02bczilar hamma joyda mavjud bo\u2018lgan videokameralar, sun\u02bciy intellekt va ma\u02bclumotlar tahlili bilan bir qatorda yuzni tanishdan foydalanish ommaviy kuzatuv uchun imkoniyat yaratadi, bu esa shaxsiy erkinlikni cheklashi mumkin. Ya\u02bcni yuzni tanish texnologiyasi hukumatga jinoyatchilarni izlashga imkon bersada, ular oddiy va begunoh odamlarni istalgan vaqtda kuzatib borish uchun sharoit yaradi.<\/li>\n\n\n\n<li><strong>Xatolik doirasi.<\/strong> Yuzni tanib olish ma\u02bclumotlari xatolikdan xoli emas, bu esa odamlarning o\u2018zlari qilmagan jinoyatlarga aloqador bo\u2018lishiga olib kelishi mumkin. Misol uchun, kamera burchagidagi yengil o\u2018zgarish yoki tashqi ko\u2018rinishdagi o\u2018zgarish, masalan, yangi soch turmagi xatoga olib kelishi mumkin. 2018 yilda<a href=\"https:\/\/www.newsweek.com\/amazons-face-recognition-tool-matches-28-members-congress-criminal-mugshots-1044850\"> Newsweek nashri<\/a> Amazon\u02bcning yuzni tanish texnologiyasi AQSH Kongressining 28 nafar a\u02bczosini jinoyatlar uchun hibsga olingan shaxslar sifatida noto\u2018g\u2018ri aniqlagani haqida xabar berdi.<\/li>\n\n\n\n<li><strong>Maxfiylikni buzish<\/strong>. Axloqiylik va maxfiylik masalasi eng munozarali masaladir. Hukumatlar bir nechta fuqarolarning rasmlarini ularning roziligisiz saqlashlari ma\u02bclum. 2020 yilda Yevropa komissiyasi maxfiylik va axloqiy huquqbuzarliklarning oldini olish uchun me\u02bcyoriy-huquqiy bazani ishlab chiqishga vaqt ajratish uchun jamoat joylarida yuzni aniqlash texnologiyasini besh yilgacha taqiqlashni ko\u2018rib chiqayotganini aytgan.&nbsp;<\/li>\n\n\n\n<li><strong>Katta hajmdagi ma\u02bclumotlarni saqlash.<\/strong> Yuzni aniqlash dasturiy ta\u02bcminoti mashinani \u201co\u2018rganish, tanib olish\u201d texnologiyasiga tayanadi, bu aniq natijalarni berish uchun katta ma\u02bclumotlar to\u2018plamini talab qiladi. Bunday katta ma\u02bclumotlar to\u2018plamlari mustahkam ma\u02bclumotlarni saqlashni talab qiladi. Kichik va o\u2018rta kompaniyalarda kerakli ma\u02bclumotlarni saqlash uchun yetarli resurslar bo\u2018lmasligi mumkin.<\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Biometrik ma\u02bclumotlarni qanday himoya qilish kerak?<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Biometrik ma\u02bclumotlar odatda eng ishonchli autentifikatsiya usullaridan biri hisoblansada, u ham katta xavf tug\u2018diradi. Buning sababi, agar kimningdir kredit karta ma\u02bclumotlari buzilgan bo\u2018lsa, u o\u2018z kreditini muzlatib qo\u2018yishi va buzilgan shaxsiy ma\u02bclumotlarini o\u2018zgartirish choralarini ko\u2018rishi mumkin. Agar \u201craqamli yuzingiz\u201d ni yo\u2018qotsangiz nima qilasiz?<img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/lh5.googleusercontent.com\/PGng-_MR4eOVN2ri4W4VwzRBnryH0VP5lE16NjmnLioTcbA3p5XSq-Y_1-tUrRVsrs-3PlgmdLHlaqHsAH-A2eZJbkqdAQQL3jHGs0fn81szd65rL5LfBZHMW7Fe9OyvZApVWGttPZj8P1-KEH-SAyVPsqdqN8xCxA3mFmMTwd2USX0OSAZCEaxQfQ\" width=\"695.8012003102842\" height=\"361\"><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Butun dunyo bo\u2018ylab biometrik ma\u02bclumotlarni saqlaydigan va qayta ishlaydigan infratuzilma qanchalik xavfsiz?<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yuzni tanish dasturiy ta\u02bcminoti hali o\u2018zining nisbiy rivojlanish bosqichida bo\u2018lganligi sababli, bu sohani tartibga soluvchi qonunlar hamon rivojlanmoqda. Ma\u02bclumotlari buzilgan oddiy fuqarolarning qonuniy chora talab qilish yo\u2018llari nisbatan kam. Kiberjinoyatchilar ko\u2018pincha hokimiyatdan qochishadi yoki yillar o\u2018tib, ancha vaqtdan so&#8217;ng hukm qilinadilar, ularning qurbonlari esa hech qanday tovon ololmay qoladilar.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yuzni tanishdan foydalanish kengaygani sari, xakerlar firibgarlik qilish uchun sizning yuz ma\u02bclumotlaringizni o\u2018g\u2018irlash imkoniyati ortadi.<br>Mumkin bo\u2018lgan zararni istisno qilish yoki minimallashtirish uchun o\u2018z vaqtida birovning biometriyasiga taqlid qilishga urinishlarni aniqlash, soxta ma\u2018lumotni real vaqtda haqiqiy egasi tomonidan taqdim etilganligini tasdiqlash yoki rad etish kerak.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ko\u2018p faktorli identifikatsiyadan foydalanish haqiqiy shaxslarni yoki ularning biometrik belgilarini xavfsizligini sezilarli darajada oshiradi va shaxsiy ma\u2018lumotlarning har qanday elementini o\u2018g\u2018irlashni qiyinlashtiradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Biometrikani boshqa xavfsizlik elementlari bilan birlashtiradigan konsepsiyalar allaqachon mavjud. Bunday yechimlar yanada ishonchli foydalanuvchilar hisoblarni yaratish imkonini beradi va o\u2018g\u2018irlangan biometrik belgilarning o\u2018zi noqonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirish uchun yetarli bo\u2018lmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong><em>Biometrik texnologiya keng qamrovli xavfsizlik yechimlarini taklif etadi. Kamchiliklarga qaramay, ushbu tizimlar qulay va ularni takrorlash qiyin. <\/em><\/strong><br><em><strong>Biometrik ma\u02bclumotlar qanday o\u2018g\u2018irlanishi, ularni jinoyatchilardan qanday himoya qilish <\/strong><\/em><strong><em>haqida batafsil ma<\/em><\/strong><em><strong>\u02bclumotga ega bo\u2018lishni istasangiz tenokun.uz saytini kuzatib boring. <\/strong><\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Har bir texnologiyaning ham o\u2018ziga yarasha afzallik va kamchilik taraflari mavjud. Quyida biometrik texnologiyalardan biri &#8211; \u201cYuzni tanib olish tizimi\u201d ning o\u2018ziga xos afzallik va kamchiliklari to\u2018g\u2018risida gaplashamiz. Yuzni tanib olishning afzalliklari Yuzni tanish tizimi smartfon qulfini ochishdan tashqari, boshqa&#8230; <\/p>\n","protected":false},"author":4,"featured_media":3526,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_mi_skip_tracking":false,"footnotes":""},"categories":[23],"tags":[63,64],"class_list":["post-3522","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-technology","tag-ai","tag-faceid"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/3522","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/4"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=3522"}],"version-history":[{"count":8,"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/3522\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5602,"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/3522\/revisions\/5602"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/3526"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=3522"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=3522"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/texnokun.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=3522"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}